Turkiya muxolifati Istanbul meri Akrom Imomöğlining hibsga olinişini siyosiylaştirişga urinmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Milliy yiğin deputatlari bilan ötkazilgan iftorlikda ma’lum qildi.

Respublika prezidenti Imomöğlining hibsga olinişiga birinçi marta izoh berdi.

Erdöğanning fikriça, Turkiya muxolifat kuçlari «özlarining içki mojarolari yoki qonun bilan boğliq muammolarini» mamlakatning muhim muammosi sifatida taqdim etişga urinmoqda.

«Ular masalani siyosiylaştirişga urinmoqda. Muxolifat vakillari uşbu iş böyiça ma’lumot va hujjatlarning katta qismi aynan ularning öz funksionerlari tomonidan sud organlariga taqdim etilganini biladi», — deydi Turkiya prezidenti.

Siyosatçi mamlakat hukumatining «muxolifat şousi» uçun vaqti yöqligini ta’kidladi.

19 mart kuni Turkiya politsiyasi Istanbul şahri meri Akrom Imomöğlini hibsga oldi. Şahar hokimidan taşqari uning matbuot kotibi, şuningdek, şahar ma’muriyatining yana 100 ga yaqin xodimi hibsga olingan. Siyosatçi özining qölga olinişiga izoh berarkan, taslim bölmasligi va «kuraşni davom ettirişini» ma’lum qilgan. 

Imomöğli hibsga olinişi ortidan Turkiyada namoyişlar boşlandi. Istanbul viloyati gubernatorining keyingi tört kun içida köçalarda aksiya ötkazişni taqiqlaş töğrisidagi buyruği va şahar böylab köp sonli politsiyaçilar joylaştirilgani norozilik namoyişlari boşlanib ketişini töxtata olmadi. Öz navbatida Yevropa davlatlari ham Istanbul meri qölga olinganini qoralab çiqmoqda.