Aardvark Weather sun’iy intellekti ob-havoni an’anaviy usullarga nisbatan ança tezroq va aniqroq başorat qila oladi. Bu haqda The Guardian gazetasi Nature jurnalida çop etilgan tadqiqotga asoslanib xabar berdi.
Hozirda meteorologlar ob-havoni prognoz qiliş uçun murakkab algoritmlardan foydalanadi. Bularni superkompyuterlarda qayta işlaş soatlab vaqt oladi. Bundan taşqari, uşbu tizimlarni işlab çiqiş uçun butun boşli mutaxassislar jamoasi zarur.
Kembrij universiteti olimlari Alan Tyuring instituti, Microsoft Research va Yevropa örta muddatli ob-havo prognozlari markazi bilan hamkorlikda yangi yondaşuvni taqdim etdi.
Ular neyrotarmoqni ob-havo stansiyalari, sun’iy yöldoşlar, aerostatlar, kemalar va samolyotlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilişga örgatdi. Bu esa an’anaviy modellaştiriş usullaridan foydalanmasdan turib, ob-havo prognozlarini oliş imkonini beradi.
Tadqiqotçilarning aytişiça, sun’iy intellekt yordamida bir nafar mutaxassis oddiy kompyuterda aniq prognozlar tuzişi mumkin. Kembrij universitetining sun’iy intellekt böyiça professori Riçard Terner ta’kidlaşiça, bu texnologiya prognozlarni Afrikadagi qişloq xöjaligidan tortib Yevropadagi şamol energetikasigaça bölgan muayyan vazifalarga moslaştiriş imkonini beradi.
Bundan taşqari, Aardvark Weather tizimi ob-havoni sakkiz kun oldindan başorat qila oladi, zamonaviy usullar esa faqat beş kunlik başoratni ta’minlaydi. Işlab çiqaruvçilarning ta’kidlaşiça, uşbu tizim alohida hududlar uçun ham aniq ob-havo ma’lumotlarini taqdim etiş imkoniyatiga ega.











