Xitoyning Dobot startapi Atom nomli humanoid robot yordamçini taqdim etdi, deb xabar beradi Kyodo News.

Dobot robotning avtonom faoliyatiga oid bir neçta roliklar bilan bölişdi. Unda Atom mustaqil nonuşta tayyorlagani, çoy quygani, katta hajmli qutilar va hujjatlar solingan papka kabi buyumlarni taşigani tasvirlangan.

Atom’ning öz raqobatçilaridan farqi robotning qöllarida — u 28 ta erkinlik darajasiga ega bölib, 5 millimetr aniqlikda harakatlanadi, şu bois murakkab vazifalarni ham uddalaşga qodir.

Şuningdek, robot töğri tutilgan tizza bilan yuriş orqali energiya sarfini 42 foizga kamaytiradi va turli xil releflarda silliq harakatlana oladi. Bundan taşqari, robotga ilğor hisoblaş tizimi örnatilgan bölib, u odatdagi standartlardan 7,7 barobarga yuqori. Dobot Atom nostrukturaviy muhitga avtonom moslaşa oladi.

Robot böyining balandligi 153 santimetrni, oğirligi esa 62 kilogrammni taşkil etadi.

Kompaniya 2025 yil örtalaridan boşlab uni ommaviy işlab çiqarişni boşlaşni rejalaştirgan va Dobot Atom’ni 27,5 ming dollar evaziga oldindan buyurtma qiliş mumkin.

Avvalroq yaponiyalik işlab çiqaruvçilar keksalar uçun turli murakkablikdagi parvariş vazifalarini bajara oluvçi robotni taqdim etgandi. 150 kilogrammli humanoid robot bemorlarning tagliklarni almaştiriş, yotoq yarasining oldini oliş uçun ularni ağdarib turiş, ularga ötirişga yordam beriş, paypoq kiydiriş, tuxum qovuriş, kiyimlarni taxlaş va boşqa maişiy yumuşlarni bajara oladi.