Kongressdagi demokratlar Atlantic naşri boş muharririga Yamanga zarba berişni muhokama qilgan yuqori lavozimli rasmiylar bölgan çatga kiriş imkoni taqdim etilgani tufayli messenjerlar orqali maxfiy ma’lumotlar uzatganlik uçun jinoiy javobgarlik joriy etişni taklif qildi. Bu haqda Axios naşri yozmoqda.

Uşbu maqsadlarda tezkor messenjerlardan foydalanganlik uçun beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş va 250 ming dollargaça jarima bilan jazolaş taklif qilinmoqda.

«Men davlat xizmatçilari harbiy rejalar kabi maxfiy ma’lumotlarni himoyalanmagan xabar almaşiş ilovasida joylaştirişini jinoyat deb hisoblaydigan qonun loyihasini kiritmoqdaman», dedi kongressmen Riçi Torres.

Avvalroq Mayk Uolts jurnalist Yamandagi zarbalar haqidagi Signal messenjeri çatiga qöşilgani uçun mas’uliyatini öz zimmasiga olgan edi. The Atlantic boş muharriri Jyeffri Goldbergning maxfiy çatga qöşilişi katta janjalga sabab böldi. Sizib çiqiş AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens, Pentagon rahbari Piter Xegset va Oq uyning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uolts nomlari ostidagi akkauntlar iştirokidagi «jozibali siyosiy munozara» tafsilotlarini oşkor qilgan.