19 mart kuni “Kiçik va örta biznesning iqtisodiyotdagi örnini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” prezident farmoni imzolandi.

Tadbirkorlik sub’yektlarining yiriklaşuvini rağbatlantiriş maqsadida, 2025 yil 1 maydan e’tiboran, özini özi band qilgan şaxslar yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik şaxs sifatida davlat röyxatidan ötkazilganda, davlat boji undirilmaydi.

Şu bilan birga, 2026 yil 1 yanvardan boşlab, özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat turlari röyxati amaldagi 104 ta banddan 72 tagaça qisqaradi.

Quyidagilar röyxatdan çiqariladi:

1. Uyda yoki davlat ta’lim muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inşootlari xonalarida repetitorlik qiliş — bolalar va kattalar bilan ta’lim fanlari böyiça yakka tartibda hamda guruh bölib maşğulotlar ötkaziş

2. Xonalarni tozalaş, jismoniy şaxs hududini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş

3. Uyda jismoniy şaxslarning mebellarini ta’mirlaş va yiğiş

4. Jismoniy şaxslarga murakkab bölmagan umumiy quriliş, quriliş-ta’mirlaş işlari (beton quyiş, böyoqçilik, suvoqçilik işlari, ğişt va kafel teriş, perforatsiya, duradgorlik, çilangarlik va boşqa umumiy quriliş işlari);

5. Jismoniy şaxslarning şaxsiy avtomobillarini mayda ta’mirlaş, ularga aksessuarlar va avtosignalizatsiya örnatiş, ğiloflar va pol qoplamalarini tikiş

6. Makulatura, plastik idiş, temir-tersak va qöşimça xomaşyo töplaş

7. Yoğoç me’morçiligi (bolalar maydonçalari va park zonalari uçun yoğoçdan yasalgan qurilmalar, haykallar)

8. Metall ta’mirlaş işlari (uyda amalga oşiriladigan maişiy metall buyumlarini ta’mirlaş (kalitlarning dublikatlarini tayyorlaş, soyabonlarni ta’mirlaş, boşqa maişiy metall buyumlarini oddiy ta’mirlaş)

9. Uyda popkorn, frezerda muzqaymoq tayyorlaş va sotiş

10. Dehqon bozorlarida qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan çakana savdo qiliş