Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Dvijyeniya pervyx» harakati kuzatuv kengaşi yiğilişida Rossiyaning döstlari köp ekanini ma’lum qildi.
«Ğarbda ham, şarqda ham, şimolda ham, janubda ham bor. Butun dunyoda bor. Aslida bizni tuşunmaydiganlardan köra köproq döstlarimiz bor. Biz hozir aytib ötgan Ğarbda ham döstlarimiz bor, Rossiyani tuşunmaydiganlar ham bor. Lekin bu bizni yaşaş va rivojlanişimizga tösqinlik qilmaydi. Bu bizni tuşunadigan va tinç yaşaşni xohlaydigan odamlar soni ortib borişiga ilhomlantirişi kerak», dedi Putin.
Rossiya prezidenti xuddi şunday bayonotni 2023 yilda Volgogradda, Stalingrad jangidagi ğalabaning 80 yilligiga bağişlangan konsertda ham bergan edi. Putinning ta’kidlaşiça, Rossiya yana bir bor Ğarbning kollektiv tajovuziga qarşi kuraşişga majbur. Ammo «Rossiya hali ham butun dunyoda, jumladan Şimoliy Amerika va Yevropada köplab döstlarga ega».












