Prezident Şavkat Mirziyoyevga atom energetikasini rivojlantirişga qaratilgan vazifalar ijrosi yuzasidan axborot berildi.
Qayd qilinişiça, 2035 yilda Özbekistonda elektr iste’moli 121 milliard kilovatt soat bölişi hisob-kitob qilingan. Şu bois energetikani barça yönalişlarda rivojlantiriş çoralari körilmoqda.
Xususan, 2030 yilga borib, jami generatsiyada “yaşil” energiya uluşini 50 foizga yetkaziş rejalaştirilgan. Uzoq muddatda atom enegriyasi bazaviy manbalardan biriga aylanişi közda tutilgan.

Hozirgi kunda kiçik quvvatli atom elektr stansiyasi quriş loyihasi ustida iş olib borilmoqda. Uni amalga oşiriş imkoniyatlarini muhokama qiliş hamda “yöl xaritasi” tayyorlaş maqsadida işçi guruhlarning uçraşuvlari ötkazilgan.
Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan 2025-2027 yillarga möljallangan Qöşma harakatlar rejasi işlab çiqildi. Bölajak stansiya qurilişining har bir bosqiçi – loyihalaştirişdan to bitgunga qadar Xalqaro atom energiyasi agentligining qat’iy nazorati ostida böladi, jahonning eng ilğor tajribalari va xavfsizlik talablari tatbiq etiladi.
Yiğilişda mutasaddilar loyihaning borişi, hamkorlar bilan muzokaralar yuzasidan axborot berdi. Ruxsatnomalar oliş va moliyalaştiriş masalalari, şuningdek, katta quvvatli atom elektr stansiyasining texnik-iqtisodiy jihatlari hamda uni barpo etiş rejalari körib çiqildi.













