“Özbekiston temiryöllari”ning Toşkent–Urganç reysi yölovçisi vagondagi sanitar holatdan şikoyat qilib, Kun.uz'ga murojaat qildi. U körpaçalarning kirligi, suvaraklar yurgani va havo almaştiriş tizimi yaxşi işlamasligini aytadi. Avvalroq Toşkent–Volgograd yönalişida ham öxşaş vaziyat kuzatilgandi.
Kun.uz'ga “Özbekiston temiryöllari” poyezdida yölovçi bölgan vatandoşdan murojaat kelib tuşdi. Murojaatçiga köra, u 7 mart kuni soat 22:48 da Toşkent–Urganç yönalişida yurgan poyezdning 9-vagonida (platskart) bölgan.
“Vagonlarning ahvoli juda rasvo, körpaçalar judayam kir bölib ketgan, poyezdning içida suvaraklar yuribdi, şaxsan özimning ustimdan bir neçtasini urib tuşirdim. Poyezdda havo almaşiş tizimi yaxşi işlamaydi, havosi ifloslanib ketgan, hojatxonada zamonavoy “bio tualet” örnatilgan, lekin u ham texnik tarafdan muammo çiqarib, işlamay qoldi”, – deydi şaxsini oçiqlaşni istamagan vatandoş.
U taqdim etgan suratlarda çoyşablar toza emasligi, suvarak yurgani közga taşlanadi.
“Çiptalar narxi oşişi, sifat nazorati yöqligi va vagonlar holati gigiyenik taraflama javob bermasligi… Bu masalalar böyiça bir neça marotaba ularning işonç telefon raqami bilan boğlanmoqçi bölganmiz, lekin foydasi bölmadi”, – deyiladi murojaatda.
Şuningdek, u hozirga qadar rasmiylarga bu vaziyatni yetkazişga uringani va şu sabab OAVga murojaat qilmaganini, harakatlari samara bermagaç, Kun.uz bilan aloqaga çiqqanini qayd etdi.
Kun.uz holat yuzasidan “Özbekiston temiryöllari” AJga sörov yubordi.
Eslatib ötamiz, poyezdlardagi sanitar vaziyatning talabga javob bermasligiga oid masala birinçi marta kötarilayotgani yöq. Avvalroq Urganç–Volgograd yönalişida ham vagonda suvaraklar yurgani, derazalar toza emasligi, örindiqlar tilinib ketgani aytilgandi.
Rasmiylar vaziyat örganilayotganini, poyezd manzildan qaytgaç sanitar holat yana tekşirilişini ma’lum qilgan, lekin keyinroq boşqa ma’lumot berilmagan.









