Binyamin Netanyahu HAMAS tomonidan garovda saqlanayotgan isroilliklar ozod etilmasa, Isroil butun Ğazo hududini bosib oladi, degan tahdidini yana bir bor takrorladi. Bu ogohlantiriş Isroilning ikkinçi hafta davom etayotgan havo hujumlari ortidan yangradi. Birgina otaşkesim bekor bölgan sönggi kunlarda zarbalar oqibatida800 dan ortiq falastinlik halok böldi.
Netanyahuning ta’kidlaşiça, HAMAS garovdagilarni ozod qilişdan qançalik boş torsa, Isroil şunçalik qattiqroq jazo çoralarini qöllaydi. U jumladan hududlarni egallaş va yana hozirça aniqlik kiritilmagan boşqa çoralar haqida gapirdi.
Biroq amaliy jihatdan aynan Isroil tinçlik muzokaralaridan voz keçdi hamda uruşni töxtatiş böyiça ikkinçi bosqiçga ötişdan boş tortdi. Tel Aviv olib borilayotgan tajovuz va falastinliklarga nisbatan zulmni davom ettiriş orqali Netanyahuga şerik bölgan ultraöngçi siyosiy guruhlarning kutilmalarini qondirmoqda.
Bundan oldin Isroil mudofaa vaziri Israel Kats ham Tel Aviv Ğazoni töliq okkupatsiya qiliş niyatida ekanini aytgan edi.
Ayni paytda Isroil öz hujumlarini yumşatiş yoki Ğazoga yordam yetkaziş uçun ötiş punktlarini oçiş niyatida ekanini körsatmayapti.
Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotiga köra, 18 martdan boşlab Isroilning yangi hujumlari natijasida 830 falastinlik halok bölgan, yana 1787 kişi yaralangan. Köpçilik jabrlanuvçilar ayollar va bolalardir.
BMT ma’lumotiga köra, Isroil hujumlari va evakuatsiya böyiça çiqarilgan buyruqlar tufayli 124 ming falastinlik yana öz uylarini tark etişga majbur bölgan.
2023 yil oktyabridan beri Ğazoda davom etayotgan qattiq harbiy amaliyotlarda 50 mingdan ortiq falastinlik halok böldi, ularning aksariyati ayol va bolalar. Yaralanganlar soni esa 113 mingdan oşib ketgan.
Ğazodagi qurbonlar soni köpayib borayotgan bir paytda Isroil va HAMAS örtasidagi otaşkesim muzokaralari töxtab qolgan. AQŞ, Qatar va Misr vositaçi sifatida iştirok etgan uşbu jarayonda kelişuvning 1 martda tugagan birinçi bosqiçi yangilanmadi.
HAMAS Isroilni tinçlik muzokaralarini atayin yöqqa çiqarganlikda ayblamoqda. Aslida bu muzokaralar falastin eksklavida uruşni töliq töxtatişga qaratilgan edi.













