«Öztemiryölyölovçi» AJ poyezd vagonlarida körpaçalarning kirligi, suvaraklar yurgani va havo almaştiriş tizimi yaxşi işlamasligi haqidagi şikoyatlardan keyin sanitariya-gigiyena nazorati kuçaytirilganini e’lon qildi.
«Öztemiryölyölovçi» AJ muntazam ravişda sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oşirayotgan bölsa-da, sönggi kunlarda mavjud vaziyatni inobatga olib, sanitariya-epidemiologiya normalariga rioya etilişiga alohida e’tibor qaratilmoqda... «Öztemiryölyölovçi» AJ bunday holatlarning oldini oliş uçun zarur çoralarni körişni davom ettiradi va bu borada harakatlarni kuçaytiradi», deyiladi xabarda.
Avvalroq, yölovçilar «Özbekiston temir yöllari» poyezdi vagonlarining ahvoli rasvo ekani, körpaçalar kir bölib ketgani va suvaraklar yurganidan şikoyat qilgan edi.
«Poyezdda havo almaşiş tizimi yaxşi işlamaydi, havosi ifloslanib ketgan, hojatxonada zamonavoy «biotualet» örnatilgan, lekin u ham texnik tarafdan muammo çiqarib, işlamay qoldi», degan edi yölovçilardan biri.

















