Tramp ma’muriyatining nomdor amaldorlari Yamandagi operatsiyani Signal tijoriy messenjerida muhokama qilarkan, unga jurnalist qöşilgani katta mojaroga aylandi. Oq uy va prezident Tramp buni duşmanlarning masalani köpirtirişi, dedi. Jurnalist Goldberg esa öz fikrlari bilan bölişarkan, Pentagon rahbarini “beqaror kişi” deya ta’rifladi.
Jurnalistikada etik dilemma degan narsa bor. Uni tuşuntiriş uçun göyoki Oq uyga taklif qilingan jurnalist prezident stoli yaqinida uruş boşlanişi haqidagi maxfiy ma’lumotga közi tuşib qolgani, endi uning oldida uşbu muhim axborotni boşqalar bilan bölişiş yoki sir saqlaşdek dilemma hosil bölgani haqidagi voqea hikoya qilinadi.
Şunga öxşaş hodisa 24 mart kuni AQŞda sodir böldi. The Atlantic jurnali boş muharriri Jyeffri Goldberg tasodifan AQŞ hukumatining Yamandagi maxfiy harbiy rejalarini muhokama qilayotgan Signal guruhi çatiga qöşib yuborildi.
U qöşilib qolgan çatda AQŞning Yamandagi husiylarga qarşi amalga oşirişi rejalaştirilgan havo hujumlari muhokama qilingan. Biroq Goldberg hujumlar amalga oşirilgungaça jim turib, söngra ma’lumotlarni oşkor qildi.
Özi sobiq jurnalist, AQŞ mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangunga qadar Fox News telekanalida siyosiy şarhlovçi bölib işlagan Pit Hegset uşbu voqeaga juda keskin munosabat bildirdi:
“Sizlar özini özi “jurnalist” deb atayotgan, aslida mutlaqo beobro‘ va doimiy ravişda bu kasbni şarmanda qilayotgan şaxs haqida gapiryapsiz. U odam yana yolğon şov-şuv tarqatmoqda. Heç qanday uruş rejalari haqida xabar almaşgani yöq, bu borada ayta oladiganlarim şu bilan çeklanadi”.
Ya’ni mudofaa vaziri Goldbergni yolğon şov-şuv kötarişda aybladi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livittga köra The Atlantic jurnali boş muharriri Jyeffri Goldberg Donald Trampni yomon körişi tufayli sizdirilgan ma’lumotlar bilan boğliq mojaroni tarqatgan.
“The Atlantic tan oldi: çatdagi ma’lumotlar çinakam harbiy rejalar emasdi. Butun voqea Trampning taniqli nafratçisi tomonidan yozilgan navbatdagi yolğon edi”, dedi Levitt.
Çatdagi sözlaşuvlardan ayrim skrinşotlar qöygan The Atlantic naşri boş muharriri Jyeffri Goldbergning özi esa vaziyatni quyidagiça izohladi:










