3–5 aprel kunlari Samarqand şahrida «Markaziy Osiyo—Yevropa ittifoqi» sammiti ötkaziladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy xabariga köra, «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinçi rasmiy sammiti yuqori saviyada ötkazilişi hamda xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida şaharda transport harakatlanişini qisqartiriş va çeklaş çoralari köriladi.

Şu munosabat bilan 1–5 aprel kunlari quyidagi oliy ta’lim muassasalari hamda ular huzuridagi texnikum va akademik litseylarga yozgi ta’til hisobidan qisqa muddatli öquv ta’tili beriladi:

1. Samarqand davlat universiteti;

2. Samarqand davlat çet tillar instituti;

3. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

4. «Ipak yöli» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

5. Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;

6. Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

7. Özbekiston-Finlandiya pedagogika instituti;

8. Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi;

9. Samarqand davlat universiteti akademik litseyi;

10. Abu Ali ibn Sino nomidagi Siyob jamoat salomatligi texnikumi.

Öquv jarayonlari 7 aprel, duşanba kundan boşlanadi. Vazirlikka köra, bu oliygoh talabalari uçun qoldirilgan dars maşğulotlari yozgi ta’tilning ilk kunlari hisobidan ötkaziladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqandda ötkaziladigan «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi» birinçi sammiti munosabati bilan şaharga kiriş yöllari vaqtinçalik yopilişi xabar qilingan.

3, 4 va 5 aprel kunlari viloyat hududidan tranzit ötuvçi transport vositalari uçun aylanma harakat taşkil etiladi. Haydovçilar uçun maxsus flayerlar işlab çiqilgan bölib, uni QR-kod yordamida mobil ilova orqali ham köriş mumkin.