Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrif bilan Xöjand şahriga keldi.

Aeroportda davlat rahbarini Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon kutib oldi.

Özbekiston rahbarining taşrifi şarafiga davlat bayroqlari kötarildi. Milliy kuy-qöşiq va raqslar ijro etildi.

Bugun Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston prezidentlarining uç tomonlama uçraşuvi bölib ötadi.

Kun tartibiga muvofiq, döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilinadi.

Muzokaralar yakunida Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston davlat çegaralarining tutaş nuqtasi töğrisidagi şartnomani imzolaş rejalaştirilgan.

Prezidentlar san’at ustalari iştirokidagi qöşma konsertda ham iştirok etadilar.