Binyamin Netanyahu vitse-admiral Eli Şarvitni Isroil Boş xavfsizlik xizmati — «ŞABAK» rahbari etib tayinlandi, deb xabar beradi The Times of Israel. Şarvit oldin Harbiy-dengiz kuçlari qömondoni bölgan.
Boş vazir matbuot xizmati bayonotida keltirilişiça, aynan Şarvit «taşkilotning uluğvor an’analarini davom ettiradigan yölda olib çiqişga qodir odam».
Şu bilan birga, «ŞABAK»ning Şarvitdan oldingi rahbari Roner Bar hozirça rasman Isroil Boş xavfsizlik xizmati rahbarligidan ketgani yöq.
Vazirlar Mahkamasi mart örtalarida Netanyahuning «ŞABAK» rahbari Ronen Barni işdan böşatiş haqidagi munozarali qarorini bir ovozdan ma’qullagan edi. Hukumat qarori ustidan sudga da’vo kiritilgan bölib, hali yakuniy qaror çiqarilmagan.
Naşr ma’lumotlariga köra, Şarvit arab tilini bilmaydi va oldin heç qaçon falastinliklarga aloqador masalalar bilan şuğullanmagan, ya’ni «ŞABAK» rahbarligi uçun noodatiy yetakçi hisoblanadi. Şu bilan birga, Şarvit Netanyahu 2023 yilda ötkazişga uringan sud islohotlariga qarşi namoyişlarda qatnaşgan.
«ŞABAK» Isroilda içki xavfsizlikni ta’minlaydi va kontrrazvedka bilan şuğullanadi. Roner Bar «ŞABAK»ning hukumat lavozimdan olişga uringan birinçi rahbari hisoblanadi.
Uşbu taşkilot 2023 yilda Isroilga uyuştirilgan hujumdan keyin tanqidlarga uçragan edi. Maxsus xizmat faoliyatiga oid hisobotda qayd etilişiça, «ŞABAK» hujumga tayyorgarlik körilayotgani böyiça signallar olgan, ammo bunga qarşi jiddiy çoralar körmagan.









