Vengriya Xalqaro jinoiy sud (XJS) yurisdiksiyasidan çiqiş jarayonini boşladi. Bu haqda mamlakat boş vaziri devoni rahbari Gergey Guyyaş ma’lum qildi.
«Payşanba kuni hukumat konstitutsiyaviy va xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq Xalqaro jinoiy suddan çiqiş böyiça iş boşlaydi», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Vengriya rasmiylarining XJS tarkibidan çiqişi haqidagi bayonoti Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu taşrifi fonida yangradi. Avvalroq, XJS uni hibsga oliş haqida xalqaro order bergan edi.
Vengriya boş vaziri Viktor Orban XJS Isroil boş vazirini hibsga olişga order beriş haqidagi qarorining ertasiga Netanyahuni mamlakatga taklif qilgan. Şu bilan birga, Orban Netanyahu hibsga olinmasligiga va’da berdi va XJS qarorini «qöpol, beadab va mutlaqo qabul qilib bölmaydigan» deb atadi.
Vengriya 1999 yilda Rim statutini, XJS taşkil etiş haqidagi xalqaro şartnomani imzoladi va ikki yildan söng uni ratifikatsiya qildi.
Vengriyaning XJS tarkibidan çiqiş jarayoni bir yil davom etadi.
2023 yil mart oyida Vengriya hukumati agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatga kelsa, XJS orderiga köra hibsga olinmasligini aytgan. Guyyaş Vengriyada buning uçun heç qanday qonuniy asos yöqligini ta’kidlagan edi, garçi mamlakat Rim statutini imzolagan va ratifikatsiya qilgan bölsa-da.












