Xorazm viloyatida soxta treyder qölga olindi. Bu haqda Hudud dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinişiça, qölga olingan şaxs pulini qisqa fursatda köpaytirib berişini aytgan holda ijtimoiy tarmoqlar orqali mingdan ortiq odamni çuv tuşirgan.
“Bundan bir neça kun oldin bitta Telegram-kanalga a’zo qilib qöyişdi. Treyding orqali pulni bir baravarga köpaytirib beriş haqida ma’lumotlar bor edi. Köpaytirib oliş maqsadida 20 mln söm pulimni taşlab berdim. Oradan 1 soat ötgaç bloklab qöyişdi”, degan jabrlanuvçilardan biri.
Soxta treyderning yaşaş manzili közdan keçirilganida xonadondan soxta treyderning yaşaş manzilidan öndan ortiq planşet, 96 ta uyali telefon, 1171 dona bank kartasi hamda 343 ta SIM-karta topilgan.

Hozirda holat böyiça suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qarşi şahridagi uylardan birini ijaraga olib, firibgarlik bilan şuğullanib kelgan hamda “pulingizni 30 daqiqada köpaytirib beraman”, deya 4 oyda respublikaning turli hududida yaşovçi 78 kişini çuv tuşirgan aka-uka va voyaga yetmagan şaxs jinoiy jazoga tortilgandi.
Kun.uz fuqarolarni soxta treyderlik, tobora yangi turlari paydo bölayotgan firibgarlik holatlari va moliyaviy piramidalar haqida ogohlantirib keladi.









