Fond indekslari quladi, sarmoyadorlar savdo uruşi va global retsessiyadan qörqib, mablağlarni obligatsiyalar, oltin va iyenaga tikmoqda. Jahon bozori (jumladan, Qöşma Ştatlar) Donald Trampning import qilinadigan tovarlarga boj tariflarini joriy etişiga şunday munosabatda böldi, deb yozdi Reuters.
Tramp buni «Ozodlik kuni» deb atadi. Ammo dollar kursi olti oylik davrdagi eng past darajaga tuşdi va AQŞ obligatsiyalarining daromadliligi pasaydi.
Fitch Ratings ma’lumotlariga köra, AQŞ örtaça import soliği 2024 yildagi 2,5 foizdan Tramp davrida 22 foizga oşgan, bu 1910 yildan beri kuzatilmagan hodisa. Barclays tahlilçilari boj tariflarining oşişi narxlarning kötarilişiga, sarmoyalarning qisqarişiga va iqtisodiy ösişning sekinlaşişiga olib kelişidan ogohlantirmoqda. Investorlar Trampning keyingi harakatlarini va boşqa mamlakatlardan ehtimoliy javob çoralarini kutişmoqda.
3 aprel kuni Tramp butun dunyo uçun importga 10 foizlik asosiy tarifni e’lon qildi, ammo ayrim mamlakatlar uçun tariflar sezilarli darajada yuqori. Masalan, Xitoy tovarlari uçun 34%, Yaponiya uçun 24%, Vetnam uçun 46%, Janubiy Koreya uçun 25% böladi. Yevropa Ittifoqiga 20 foizlik boj joriy qilindi. Rossiya va Şimoliy Koreya uçun tarif 10% bazaviy darajada qoldi.
Bojlar pölat, alyuminiy, mis, oltin va boşqa muhim tovarlarni yetkazib berişga taalluqli emas. Bundan taşqari, bojlar avtomobil qismlari, farmatsevtika mahsulotlari, yarim ötkazgiçlar, yoğoç va «AQŞda mavjud bölmagan energiya va boşqa ba’zi mineral resurslar» importiga taalluqli emas.












