Rossiya Qrimga Şimoliy Koreyaning «Koksan» oğir artilleriya qurilmalarini joylaştirişni boşladi, bu yarimorolga KXDR qöşinlari yuborilişidan darak bölişi mumkin, deb yozmoqda ZDF.

Naşr 26 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölgan videoga e’tibor qaratgan — unda artilleriya uskunalari temiryöl orqali Qrimning şimoliy qismiga taşilayotgani tasvirlangan. Hozirga qadar Şimoliy Koreya qöşinlari Rossiya tomonida turib faqat Kursk oblastidagi janglarda qatnaşib kelayotgan edi. ZDF’ning qayd etişiça, Ukrainaga qaraşli harbiy kuçlarning Rossiya hududidagi platsdarmi yöq qilingandan söng Moskva tez orada KXDR harbiy kontingentini Qrimga joylaştirişi mumkin.

Şu bilan birga, «Koksan» artilleriya qurilmalari ham tahdid solişi mumkin — 170 millimetr kalibrga ega bu töplarning zarba radiusi 40 kilometr bölib, raketa snaryadlaridan foydalanganda 60 kilometr masofagaça öq uza oladi. Ular Rossiyaning Kursk oblastidagi qarşi hujumida muhim rol öynagan. Ukraina Qurolli kuçlari dronlar yordamida beşta «Koksan» qurilmasini yöq qilişga muvaffaq bölgan. Biroq Pxenyan Moskvaga 200 ga yaqin şunday artilleriya tizimini yetkazib bergan bölişi mumkin. Agar Rossiya armiyasi bu qurollarni Ukrainaning janubida joylaştirsa, ulardan Xerson va Zaporijjya şaharlariga hujum qilişda foydalanişi mumkin.

2024 yil oktyabr oyidan buyon KXDR, Janubiy Koreya, Ukraina va AQŞ ma’lumotlariga köra, Rossiya Federatsiyasining Ukraina bilan çegaradoş Kursk oblastiga 10 mingga yaqin harbiy xizmatçini joylaştirgan. Yanvar oyi oxirida Amerikaning The New York Times gazetasi va Britaniyaning Sky News telekanali Şimoliy Koreya qöşinlari yirik yöqotişlar tufayli front çiziğidan olib çiqilgani haqida xabar bergan edi.

Avvalroq Seul Pxenyan Ukrainaga qarşi uruşga qöşin yuborayotgani, şuningdek, Rossiyani raketalar, artilleriya va öq-dorilar bilan ta’minlayotganini ma’lum qilgandi. Janubiy Koreyaga köra, KXDRning 11 ming askaridan 4000 nafari allaqaçon halok bölgan yoki yaralangan.