Qarşi davlat universiteti rektori, professor Dilmurod Nabiyev va ÖzPFL boş direktori Diyor Imomxöjayev universitet «Loçin» futbol klubining Özbekiston Professional futbol ligasiga a’zolik töğrisidagi hamkorlik şartnomasini imzoladi.
Endi «Loçin» futbol klubi ÖzPFL tomonidan ötkaziladigan Özbekiston kubogi va Birinçi liga musobaqalarida iştirok etadi.
Tomonlar, şuningdek, Professional futbol liga talablari asosida universitet hududidagi mavjud futbol stadionini rekonstruksiya qiliş va zamonaviy baza bunyod etiş, klub infratuzilmasini yanada rivojlantiriş, klub menejerlari uçun seminarlar taşkil qiliş kabi qator masalalarni muhokama qilgan.











