Uzbekistan Airways aviakompaniyasi törtinçi LET-L-410 samolyotiga ega böldi.
Havo kemasi Silk Avia brendi ostida tijoriy foydalaniş uçun möljallangan va mintaqaviy aviataşuvlarni rivojlantirişga qaratilgan.
Bugungi kunda uçta LET-L-410 havo kemasi Nukus – Möynoq – Nukus, Toşkent – Şahrisabz – Toşkent, Toşkent – Zomin – Toşkent yönalişlarida parvozlarni amalga oşirmoqda.
LET L-410 «Turbolyot» - mahalliy aviakompaniyalar uçun möljallangan, yengil, köp maqsadli ikki dvigatelli samolyot bölib, 1966-1967 yillarda Çexoslovakiyaning Let Kunovice aviatsiya zavodi konstruktorlik byurosi (hozir Çexiyaning LET Aircraft Industries zavodi) tomonidan işlab çiqilgan.
Samolyot maxsus tayyorlanmagan, asfaltlanmagan, ötloqli yölaklarda, qorli hududlarda, şuningdek, qisqa uçiş-qöniş yölaklari bölgan aerodromlardan uçiş uçun möljallangan. 19 yölovçi yoki 1,8 tonna yukni 1500 km masofaga taşişga qodir.











