Ayni paytda mazkur moliya muassasasi Yevropa investitsiya banki, Fransiya taraqqiyot agentligi, Kommersbank, AKA Bank, Xelaba banki, ODDO-BHF, Rayffayzenbank, UBAF kabi moliya institutlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

“Biznesni rivojlantiriş banki” Germaniyaning Xermes va Avstriyaning OeKB kabi eksport kredit agentliklari bilan hamkorlikda investitsion loyihalarni moliyalaştiriş borasida ham tajribaga ega.

Bugunga qadar bank tomonidan Yevropa investitsiya banki, Kommersbank, AKA Bank, Xelaba banki, ODDO-BHF kabi bank va moliya institutlari bilan 110 mln yevrodan ortiq kelişuvlar amalga oşirilmoqda.

Şu bilan birga, Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD), Rayffayzenbank, UBAF kabi hamkorlar bilan 56 mln yevro miqdoridagi kelişuvlarni amalga oşiriş boşlangan.

Mazkur hamkorlik doirasida “Biznesni rivojlantiriş banki” tomonidan tadbirkorlik taşabbuslari, şu jumladan, ayollar tadbirkorligi qöllab-quvvatlanadi va xalqaro savdo şartnomalarni moliyalaştiriş amalga oşiriladi.

Şuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligi hamda KFW kabi taraqqiyot banklarining kömagida bank amaliyotining xalqaro tajribasini joriy qiliş, tadbirkorlarni öqitiş va ular uçun treninglar taşkil etiş işlari amalga oşiriladi.

Ma’lumot uçun, “Biznesni rivojlantiriş banki” 2023 yilda sobiq ATB “Qişloq quriliş bank” negizida qayta taşkil etilgan. Samarali menejment natijasida bankning moliyaviy barqarorligi mustahkamlanmoqda.

Xususan, 2025 yil 1 aprel holatiga, bankning kredit qöyilmalari  22 trln 530 mlrd 800 mln sömga yetdi.

Joriy yilda “Biznesni rivojlantiriş banki” tomonidan barça manbalar hisobidan 10 trln 400 mlrd sömlik kreditlar ajratiş reja qilingan.