Suhbat avvalida delegatsiya rahbari Özbekiston yetakçisiga Vetnam Kommunistik partiyasi boş kotibi To Lam, prezidenti Luong Kuong va boş vaziri Fam Min Tinning salomini yetkazdi.

Özbekiston bilan Vetnam örtasidagi köp qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantiriş masalalari batafsil körib çiqildi.
Hukumatlararo va idoralararo muloqotlarga tizimli tus beriş zarurligi qayd etildi. Joriy yilda Xanoy şahrida Hukumatlararo komissiya yiğilişi va biznes forumini samarali ötkaziş muhimligi ta’kidlandi.

Yangi loyihalarni ilgari suriş uçun energetika, geologiya, neft-kimyo, elektrotexnika, töqimaçilik, qişloq xöjaligi va boşqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi böyiça kompleks dastur tayyorlaşga kelişib olindi.
Madaniyat va turizm sohalaridagi almaşinuvlarni, şu jumladan vizasiz tartibni joriy qiliş orqali rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi.
Qöşma taşabbuslarning amaliy ijrosini ta’minlaş maqsadida parlamentlararo muloqotni faollaştirişga ahdlaşib olindi.











