Qorasaroy köçasining Abdulla Qodiriy köçasidan Nurafşon köçasigaça bölgan qismida tunnel qurilişi munosabati bilan yölning ikki çetidagi daraxtlar köçirilmoqda, kasallangani aytilayotgan 61 tup daraxt esa kesilyapti. Ekologiya vazirligi mas’ullari Kun.uz bilan suhbatda köçiriş işlari davomida agrotexnik talablar buzilganini ma’lum qildi.

Toşkentning Olmazor tumanida, şaharning tarixiy qismida qad rostlagan Islom sivilizatsiyasi markazi oxirgi quriliş bosqiçiga kirdi. Endi markaz atrofi özgaça körinişga keltirilib, yangi obektlar qurilişi, infratuzilma yangilanişi va pardoşlaş işlari olib borilyapti.

Şu kunlarda loyiha doirasida Qorasaroy köçasining Abdulla Qodiriy köçasidan Nurafşon köçasigaça bölgan qismi tunnelga almaşişi ma’lum böldi. Birinçi bosqiçi sentabrgaça bitişi aytilayotgan tunnelda avtomobillar harakatlanadi, uning ustki qismi – hozirgi tört qatorli yöl esa majmua oldidagi maydonga qöşib yuboriladi va hudud aholi va sayyohlar uçun dam oliş, sayr qiliş maskaniga aylantiriladi.

Tunnel qurilişi tufayli yölning ikki çetidagi manzarali va boşqa turli daraxtlar köçirilmoqda. Kasallangan deb topilgan ayrim daraxtlar esa kesilyapti.

Ekologiya vazirligi Kun.uz'ga taqdim etgan ma’lumotga köra, bu yerdagi 211 tup daraxt (ulardan 65 tasi qarağay) örganilib, ulardan 138 tasini köçirişga (şu jumladan, qarağaylarning barçasini), 61 tasini kasallangani sababli sanitariya maqsadida kesişga, 12 tasini (olçalar va Aylantus daraxti) tölov evaziga kesişga ruxsat berilgan.

Kun.uz muxbiri hududga yetib borganida 3 tup qarağay allaqaçon agrotexnik talablarga mos bölmagan tarzda köçirilgani, yana 3 tup terak kesilib, bir tup qarağay butalanganiga guvoh böldi.

Ekologiya vazirining maslahatçisi Rasul Kuşerbayev voqea joyida muxbirimiz bilan suhbatda köçiriş vaqtidagi agrotexnik talablar buzilganini tasdiqladi.

“Fuqarolardan bölgan murojaat asosida keldik. Kördikki, daraxtlarni qator agrotexnik talablar buzilgan holda köçiriş amalga oşirilayotgan ekan. Bu yerga hududiy mas’ul inspektorlarni jalb qildik. Bundan buyon har bir köçiriş jarayoni normativ talablardan kelib çiqib, hududiy ekologiya inspektori iştirokida böladi. Agar yana agrotexnik talablar buziladigan bölsa, jazo çorasi köriladi.