Moskvaning Tagansk tuman sudi Telegram messenjerini teraktlar uyuştiriş va hukumatga qarşi namoyişlarda qatnaşişga çaqiruvçi kanallarni olib taşlamagani uçun 7 million rubl jarimaga tortdi. Bu haqda 8 aprel, seşanba kuni sud işi materiallariga tayanib, TASS xabar berdi.

Sud hujjatlarida aytilişiça, Roskomnadzor (RKN) Telegram-kanallari tomonidan ma’lumotlarga kirişni çeklaş tartibi buzilganligini aniqlagan, xususan, «Rossiyada hukumatni ağdariş maqsadida» hukumatga qarşi namoyişlarda iştirok etişga, şuningdek, «Ukraina qurolli kuçlariga yordam beriş maqsadida» temiryöl transportida teraktlar uyuştirişga çaqiriqlar yangragan. TASS qayd etişiça, sud avvalroq xuddi şunday qoidabuzarlik uçun Telegramʼni 4 million rubl miqdorida jarimaga tortgan.

Ukrainada keng kölamli uruş boşlanganidan beri, 2025 yilning fevral oyi holatiga köra, Rossiya sudlari maşhur messenjerni taqiqlangan ma’lumotlarni öçirmagani, özini özi boşqariş majburiyatini va Roskomnadzor buyruğini bajarmagani uçun ma’muriy moddalar böyiça 63,4 million rubl miqdorida jarimaga tortdi, deb yozadi «Kommersant».

Rossiya nazorat agentligi matbuot xizmatining 7 aprel kuni xabar berişiça, 2017 yildan beri Telegram messenjeri Roskomnadzor talabiga binoan 373 mingdan ortiq naşr yoki kanalni öçirib taşlagan. Şu kuni rasmiylar, oligarxlar va xavfsizlik kuçlari haqidagi kompromat va insayder ma’lumotlarni çop etiş bilan maşhur bölgan Rossiyaning maşhur «VÇK-OGPU» anonim kanali öçirib taşlangani ma’lum böldi.