Tramp tug‘ilgan kunida harbiy parad o‘tkazishni rejalashtirmoqda
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp 14 iyun - AQSh armiyasining 250 yilligi kuni o‘z tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri kelishi sababli katta harbiy parad o‘tkazmoqchi.

Foto: Michael M. Santiago / Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp 14 iyun kuni nishonlanadigan Qo‘shma Shtatlar armiyasining 250 yilligiga bag‘ishlab mamlakat poytaxti Vashingtonda yirik harbiy parad o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 7 aprel, dushanba kuni Oq uy rahbari shu kuni 79 yoshga to‘lishi haqida ma’lum qilgan bir qator Amerika nashrlari xabar tarqatdi.
Parad rejalari haqida ilk bor xabar bergan Washington City Paper nashriga ko‘ra, uning yo‘nalishi 4 milya (deyarli 6,5 km)ni — AQSh Mudofaa vazirligining Vashington chekkasidagi Arlington shtab-kvartirasidan Oq uygacha bo‘lgan masofani tashkil etadi.
Mahalliy hukumat va harbiy amaldorlar The Hill va NewsNation nashrlariga rejalarni tasdiqladi, biroq ular hali tasdiqlanmaganini va rasmiy so‘rov yoki buyruq yo‘qligini aytdi. Washington City Paper'ning ta’kidlashicha, mahalliy rasmiylar faqat parad rejalari haqida xabardor qilingan.
Tramp prezident sifatidagi birinchi muddatidayoq 2018 yilda harbiy parad o‘tkazmoqchi edi, biroq tadbirning yuqori narxi – 92 million dollar atrofida (taxminan 84 million yevro) bo‘lgani uchun bu amalga oshmadi. Bundan tashqari, shahar rasmiylari tanklar va boshqa og‘ir zirhli texnikalar ular yurgan yo‘llarga jiddiy zarar yetkazishidan qo‘rqishgan.
Keyingi, 2019 yilda Vashington 27 yil ichida birinchi yirik harbiy paradni 4 iyul, AQSh Mustaqillik kunida o‘tkazdi.
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT
Jahon | 01:32
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
Mavzuga oid

18:37 / 22.04.2025
Harvard universiteti Tramp ma’muriyatini sudga berdi

12:18 / 22.04.2025
Tramp Markaziy bank rahbarini tanqid qilgach, AQSh fond bozori quladi

12:04 / 22.04.2025
Tramp faoliyatini ma’qullash reytingi tobora pasayib borayotgani ma’lum bo‘ldi

00:45 / 22.04.2025