Bu haqda Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozgan.

Amerika prezidenti Xitoyning AQŞ tovarlariga nisbatan 34 foizlik miqdorida bojlar joriy qiliş qaroridan qattiq norozi bölganini bildirdi.

U AQŞ şunday çoralarga «ilgari belgilangan bojlarga qöşimça ravişda yangi, ança yuqori bojlar» bilan javob qaytaraşini avvaldan aytganini eslatdi.

«Agar Xitoy özining 34 foizlik tarif oşirişini, bu davom etib kelayotgan savdo suiste’mollaridan taşqariga ötgan çorasini, ertaga — 2025 yil 8 aprelgaça bekor qilmasa, Amerika Qöşma Ştatlari 9 apreldan boşlab Xitoyga nisbatan 50 foizlik qöşimça bojlar joriy etadi», — deb yozgan Tramp.

Şuningdek, u: «Xitoy tomonidan biz bilan uçraşuv sörovlari böyiça olib borilayotgan barça muzokaralar töxtatiladi», deb qöşimça qilgan.

Eslatib ötamiz, ötgan hafta Donald Tramp Xitoydan AQŞga böladigan barça importga 54 foiz miqdorida bojlar joriy etilişini e’lon qilgandi — bu xorijiy davlatlar orasida eng yuqori körsatkiçdir.

AQŞ prezidenti Donald Tramp savdo bojlari tufayli fond bozorida yuz bergan pasayişlarni izohladi. Uning sözlariga köra, uning niyati bozorlarni qulatiş bölmagan, biroq iqtisodiy muvozanatni tiklaş uçun ayrim çoralarga zaruriyat bölgan.

Tramp 6 aprel kuni öz samolyoti sahnida intervyu bera turib, kiritilayotgan bojlarni Xitoy bilan savdo defitsitini bartaraf etiş vositasi sifatida tarğib qildi. Unga köra, AQŞ har yili yuz milliardlab dollar yöqotmoqda, toki Pekin profitsitni yöqotmas ekan, muzokaralardan manfaat bölmaydi.

Qayd etiş joizki, agar Tramp yana qöşimça bojlar joriy etsa, Xitoy mahsulotlariga qöllanadigan bojlar miqdori 104 foizga oşadi.