Donald Trampning ta’kidlaşiça, ikki davlat vakillarining töğridan-töğri uçraşuvini kutsa böladi. Biroq Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçiy muzokaralar Ömon vositaçiligi orqali ötişi haqida aytdi.
Tramp Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan uçraşuvdan söng muzokaralar «juda yuqori darajada» ötişini ma’lum qildi: «Biz ular bilan töğridan-töğri iş olib boramiz. Ehtimol, kelişuvga erişamiz — bu ajoyib bölardi».
Aroqçiy esa X ijtimoiy tarmoğida «Eron va Amerika Qöşma Ştatlari şanba kuni Ömonda yuqori darajadagi vositaçilik muzokaralarini ötkazadi. Bu ham imkoniyat, ham sinov. Töp AQŞ tomonida», deb yozdi.
Netanyahu ham öz fikrini bildirib, AQŞ va Isroil «Eronning yadroviy qurolga ega bölişini töxtatiş masalasida birlaşgan»ligini ta’kidladi.
Tramp esa şunday dedi: «Hamma biladi — Eron bilan kelişuv tuziş, uni yadroviy yöldan qaytariş uçun harbiy çora körişga qaraganda ma’qulroq». Bu bilan Tramp Eron yadroviy salohiyatini harbiy yöl bilan yöq qiliş imkonini nazarda tutgan.
Sönggi paytlarda AQŞ va Isroil Eronga zarba beriş orqali undan kelib çiqişi mumkin bölgan tahdidni butunlay bartaraf etişga tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo Trampning aytişiça, «oçiq-oydin variant» — ya’ni harbiy zarba — u istagan yöl emas, va oçiğini aytganda, agar imkon bölsa, Isroil ham bu yöldan qoçmoqçi.
Bloomberg ma’lumotiga köra, Eronning davlat naşri Nour News xabariga binoan, muzokaralarda Eron tomonidan Abbos Aroqçiy, AQŞdan esa Trampning Yaqin Şarq va Rossiya böyiça maxsus vakili Stiv Uitkoff iştirok etadi. Ömon taşqi işlar vaziri Badr al-Busaydiy esa vositaçi sifatida qatnaşadi.
Mart oyida Tramp Eron oliy rahbari oyatullo Ali Xominaiyga maktub yuborib, ikki oy içida yadroviy dastur böyiça yangi kelişuvga erişişni talab qilgan. Xominaiy muzokaralarga vositaçi orqali rozilik bergan. Aroqçiy yakşanba kuni «AQŞ bilan töğridan-töğri muzokaralar Vaşingtonning Tehronga qaratilgan tahdidlarini hisobga olganda befoyda», degan edi.
Tramp ma’muriyati tomonidan bugungi kunda qöyilayotgan talablar 2015 yilda Barak Obama va boşqa davlatlar iştirokida imzolangan yadroviy kelişuv doirasidagi şartlardan ança oşib ketgan. Öşanda Eron tinç yadroviy dasturi doirasida uranni boyitiş huquqini olgan, evaziga yadroviy faoliyatiga vaqtinça va qattiq çeklovlar qöyilgan va xalqaro sanksiyalar bekor qilingan edi.
Tramp özining ilk prezidentlik muddatida AQŞni mazkur kelişuvdan çiqargan va Eron neftiga qarşi sanksiyalar joriy etgan edi. Endi esa, Oq uyning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Maykl Uoltsning ma’lum qilişiça, Eron na uranni boyitiş imkoniyatiga, na yadroviy qurol işlab çiqariş qobiliyatiga, na strategik ballistik raketalarga ega bölişi kerak.












