Filippindagi Negros orolida Kanlaon vulqoni harakatga keldi. Vulqon joylaşgan hududda uçinçi xavf darajasi e’lon qilindi, deb yozmoqda Euronews.
Filippindagi eng qadimiy vulqonlardan biri — Kanlaon yana harakatga keldi. Seysmologlarning ma’lumotlariga köra, u 4 ming metr balandlikka kul otgan.
Dengiz sathidan 2465 metr balandlikdagi Kanlaon Negros orolining markaziy qismida joylaşgan. Ötgan yil dekabrda uşbu vulqon otilişni boşlagani sabab atrofdagi qişloqlar aholisi evakuatsiya qilingan edi.
Şundan buyon Kanlaon hududida uçinçi xavf darajasi saqlanib qolmoqda — bu lava otilişi ehtimoli yuqori ekanini anglatadi. Mutaxassislarning aytişiça, yaqin vaqtlar içida xavf darajasi özgartirilişi — kötarilişi yoki tuşirilişi mumkin. Bu magma yer yuzasi tomon qanday tezlikda harakatlanişiga boğliq.
Filippin «Tinç okeani olovli halqasi»da joylaşgan. Uşbu hududda vulqonlar faolligi yuqori va tez-tez zilzila sodir bölib turadi.
Avvalroq Havayida 2024 yil oxirlarida harakatga kelgan Kilauea vulqonining otilişi davom etayotgani töğrisida xabar berilgandi. Uning yangi faollik fazasi 25 mart kuni boşlangan va ertasi kuniyoq vulqon lavalari 200 metrdan ortiq balandlikka otilgan. Şuningdek, aprel boşida Islandiya janubi-ğarbidagi Reykyanes yarimorolida joylaşgan Sundhnukur vulqoni yana faollaşgan.












