Özbekiston va AQŞ örtasida turli yönalişlarda bir qança yangi biznes şartnomalari tuzildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, vazir Laziz Qudratov boşçiligidagi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi delegatsiyasi AQŞda bölib, yirik kompaniyalar, korporatsiyalar va sanoat birlaşmalari rahbarlari bilan uçraşuv va muzokaralar ötkazgan.

Taşrif dasturiga muvofiq, 7 aprel kuni toğ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati sohasida faoliyat yurituvçi korxonalar bilan uçraşuvlar taşkil etilgan.

Ta’kidlanişiça, uçraşuvlarda kompaniyalarga samarali investitsiya takliflari va Özbekistonda biznesni olib boriş uçun yaratilgan şart-şaroitlar taqdim etilgan. Kompaniyalar rahbarlari Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarga yuqori baho bergan va Amerika kompaniyalarining mamlakatda köp yillik tajribaga ega bölgan muvaffaqiyatli faoliyatidan kelib çiqib, hamkorlikni rivojlantirişga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Uçraşuvlar yakunlari böyiça foydali qazilmalar sohasida hamkorlik töğrisida kelişuvlar imzolangan hamda foydali qazilma konlarini qidiriş va qazib olişga investitsiyalar kiritiş, yuqori darajada maydalaş komplekslarini (HPGR) quriş, innovatsion texnologiyalarni jalb etiş va muhim xomaşyo uçun qöşilgan qiymat yaratiş, özbekistonlik mutaxassislarning malakasini oşiriş böyiça kelişuvlarga erişilgan.

Turizm sohasida yangi loyihalar – mehmonxonalar qurişni amalga oşiriş muddatlari ham kelişib olingan.

«Erişilgan kelişuvlar tegişli bitimlar bilan mustahkamlandi. Har bir loyihaga mas’ul loyiha menejeri tayinlandi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq AQŞ davlat kotibi örinbosari Landau Özbekistonning fuqarolik atom energetikasi, muhim foydali qazilmalar va boşqa iqtisodiy biznes sohalariga sarmoya kiritiş böyiça ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş borasidagi sa’y-harakatlarini qayd etgandi.

Eslatib ötamiz, 2024 yil sentabrda Özbekiston va AQŞ örtasida muhim minerallar böyiça memorandum imzolangan edi