Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oşiriş hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallaştiriş yuzasidan videoselektor yiğilişi boşlanadi.
Davlat rahbari dunyo iqtisodiyotida hozir favqulodda vaziyat kuzatilayotganini, uç-tört kun içida xalqaro moliya bozorlarida 10 trillion dollar mablağ yöqotilganini körsatib ötdi.
«Bu tebranişlar bizga ta’sir qilmaydi, deb öylaganlar adaşadi. Axir, bu mablağlarni bir qismi bizga investitsiya, kredit, yevrobond orqali kirib kelişi mumkin edi-ku!» – dedi prezident.
Bu şaroitda barça hokimlar, iqtisodiy kompleks hududlar iqtisodiyotini kunlik tahlil qilişi, işlab çiqariş hajmlari, iş örinlari va eksportni saqlab qoliş masalalari bilan tizimli şuğullanişi kerakligi qayd etildi.
Iqtisodiy kompleks mas’ullariga har hafta tarmoqma-tarmoq muammolarni tahlil qiliş va yangi takliflar kiritiş, tuman va viloyat hokimlariga öz hududida tadbirkorlar masalalariga yeçim topib boriş topşirildi.
Sönggi yillarda turizm eksporti 1,6 karra oşib, 3,5 milliard dollarga yetdi. Bu sohada 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor iş boşladi. Muhimi – ötgan yili xorijiy sayyohlar oqimi ilk bor 10 millionlik marradan ötdi.
Hududlarda turizm va servis infratuzilmasi juda tez rivojlanayotgani ta’kidlandi.
Xususan, ötgan 8 yilda mahalliy va xorijiy investorlar 6,5 milliard dollar sarmoya kiritib, 130 ming mehmonxona örni yaratdi. Bu yili ular yana 30 mingga köpayadi.
Parkentning «Oltin bel» çöqqisida xalqaro darajadagi yangi toğ-çanği zonasi barpo etilyapti. Fransiyaning «Kurşavel» toğ-çangi kurorti toğli hududlarimizda Yevropa standartiga mos turizm maskanlarini taşkil qilişga katta qiziqiş bildirmoqda.
«Bu bilan töxtab qolmaymiz. Boy tarixiy-madaniy merosimiz, gözal va betakror tabiatimiz sayyohlarni 2-3 karra oşirişga yetadi», – dedi prezident.
Turizmning iqtisodiyotdagi uluşini 7 foizga, eksportni 10 milliard dollarga yetkaziş böyiça 2040 yilgaça strategiya işlab çiqilayotgani ta’kidlandi.
Yiğilişda köpçilik hokimlar turizm qanday katta yönaliş ekanini tuşunib yetmayotgani körsatib ötildi.
Mavsum boşlanganiga bir oydan oşgani bilan kapsulali uylardan iborat maskan faqat Kitobda oçilgani qayd etilib, qolgan 35 ta tuman va şahar hokimi «mudrab» ötirgani tanqid qilindi.


















