Toşkent şahar IIBB Yöl harakat xavfsizligi boşqarmasi Çilonzor tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 10 aprel kuni soat 14:30 larda Çilonzor tumani Bunyodkor köçasi, 2-darajali yölida «Gazel» rusumli transport vositasi haydovçisi rul boşqaruvini yöqotib, daraxtga urilgan.

YTH oqibatida transport vositasi texnik şikastlangan va ikki nafar yölovçiga birinçi yordam körsatilgan.

Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, fevral oxirlarida poytaxtning Mirzo Uluğbek tumanida avtobus daraxtga borib urilgan edi. Bunga jamoat transport vositasining yuriş qismidagi texnik nosozlik sabab bölgan.