Isroil bilan töqnaşuvdan söng HAMASdan nima qoldi?
|15:47 / 11.04.202517 67018 min
HAMAS guruhi Isroil armiyasining harbiy amaliyoti davomida katta yöqotişlarga uçradi. Şunga qaramasdan, u mintaqada faol siyosiy va harbiy öyinçi bölib qolmoqda. Hozir guruh qanday faoliyat yuritmoqda, u töliq tiklaniş uçun yetarli resurslarga egami va uni yaqin kelajakda nima kutyapti?
Foto: ReutersFoto: Reuters
Donald Tramp Oq uyga qaytganidan söng, Isroil HAMASga qarşi yangi harbiy operatsiya boşladi — bu muvaqqat otaşkesim kelişuvi imzolanganiga qaramay amalga oşirildi. Garovda uşlab turilganlarning taqdiri uçun xavotirda bölgan qarindoşlar bundan norozi, ular guruh qölida qolgan insonlar xavfsizligiga tahdid tuğilişidan qörqişmoqda. Ammo Isroil rasmiylari radikal guruhni töliq yöq qiliş böyiça qat’iy fikrda turibdi.
Ayrim mutaxassislar HAMASni faqat harbiy yöl bilan yöqotib bölmasligini ta’kidlaşmoqda. Ular bu kuçlar ta’sirini susaytiriş böyiça umidlarni falastinliklarning öziga boğlaşmoqda, deb yozadi BBC.
HAMASdan nima qoldi?
BBC infografikasi.
Siyosiy qanot
Ğazo sektoridagi uruş boşlanganidan beri HAMASning siyosiy va harbiy qanoti rahbariyatidan önlab kişilar, jumladan, guruhning eng nufuzli şaxslari va 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga qilingan hujum mafkuraçilari — Ismoil Haniya va Yahyo Sinvar öldirildi.
Yahyo Sinvar Isroil qamoqxonasida 22 yil ötirgan va 2011 yili mingga yaqin falastinlik mahkumlar bilan birga isroillik askar Gilad Şalitga almaştirilgan. Şundan söng u garovga olişni Isroilga qarşi kuraşda samarali usul deb hisoblagan. Foto: EPA
2024 yil oktyabrida Sinvar ham halok bölganidan keyin HAMAS xavfsizlik nuqtayi nazaridan yuqori lavozimlarga voris tayinlaşni ommaga e’lon qilişni töxtatdi.
Biroq isroillik hamda Yaqin Şarqdagi köplab tahlilçilar fikriça, guruhda bunday darajadagi rahbarlik vazifalarini bajara oladigan şaxslarning özi umuman qolmagan.
Hozirgi holatda guruhning umumiy rahbarligini Sinvarning ukasi — Muhammad Sinvar amalga oşirayotgani aytiladi. Ammo BBCʼning Ördun daryosining Ğarbiy sohilidagi falastinlik rasmiylardan olingan ma’lumotlariga köra, bu köproq familiyasining ta’siriga suyangan holda qabul qilingan majburiy qaror bölib turibdi.
Isroilning Xon Yunusda yaqinda amalga oşirilgan aviahujumlari natijasida HAMASning yana ikki yuqori darajali rahbari — Ismoil Barhum va Saloh al-Bardavil öldirildi.
Mavzuga oid
Barhum guruh moliyaviy işlarini boşqargan, al-Bardavil esa HAMAS siyosiy qanotining yuqori doirasi a’zosi edi. Isroil razvedkasi ma’lumotiga köra, ularning joylaşuvi maxsus operatsiya orqali aniqlangan.
HAMAS siyosiy byurosining Doha şahridagi ofisi faoliyatini davom ettirmoqda, biroq uning samaradorligini hozirgi şaroitda baholaş juda qiyin.
Köpçilikning fikriça, 22 yil Isroil qamoqxonasida ötirgan va «sionist duşman»ni içidan örgangani aytiluvçi Yahyo Sinvarning ölimi HAMAS uçun halokatli zarba böldi.
Biroq bu hal qiluvçi zarbamidi?
HAMAS öz safiga yangi jangçilarni qabul qilgan va ayrim baholarga köra, ularning soni uruş oldidagi daraja — 20–23 ming kişiga yetgan. Foto: AFP
Harbiy qanot
HAMASning harbiy qanoti bilan boğliq vaziyat biroz boşqaçaroq. U jonli kuç böyiça katta yöqotişlarga uçragan bölsa-da, soni katta darajada tiklangan.
Ğazo sektoridagi uruş boşlanişidan oldin AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi guruh a’zolarining umumiy sonini 25–30 ming jangçi deb baholagan. HAMAS bu raqamlarni heç qaçon rasman tasdiqlamagan, biroq bu ma’lumotlar Isroil baholariga mos keladi.
Isroil mudofaa armiyasining 2024 yil yozidagi ma’lumotlariga köra, Ğazoda boşlangan operatsiyadan beri HAMASning taxminan 17 ming nafar a’zosi öldirilgan. Bu raqamga guruhning siyosiy qanoti va unga böysunuvçi ma’muriy tuzilmalari vakillari ham kiradi, ammo ularning soni faqat önlab kişini taşkil qiladi — qolganlar asosan oddiy jangçilar hisoblanadi.
HAMASning özi esa harbiy qanotidan faqat 6–7 ming kişi yöqotilganini tan olmoqda.
Yevropa Taşqi munosabatlar kengaşi (ECFR) mutaxassislari tomonidan ötkazilgan tadqiqot esa Isroil tomoni ma’lumotlari, haqiqatga yaqin bölişi ehtimoli katta ekanini körsatmoqda.
HAMASning eski jangçilar tarkibidan hozir taxminan 9 ming atrofida odam qolgan. Ammo şu bilan birga, Ğazo sektorida Isroilga qarşi harakat qilayotgan kuçlar umumiy soni yana uruşdan oldingi darajaga — 20–23 minggaça yetgan.
Bu miqdorga «Islomiy jihod» kabi boşqa guruhlarga mansub jangçilar ham kiradi. Şuningdek, HAMAS yangi jangçilarni safarbar etgan.
Bu haqda avvalroq guruh vakili Abu Ubayda ma’lum qilgan edi, 2024 yil boşida esa AQŞ Kongressidagi manbalar ham AQŞ razvedkasi ma’lumotlariga tayanib, buni tasdiqladi.
«Yangi jangçilarning köpçiligi ehtimol, heç qanday tayyorgarlikdan ötmagan. HAMAS ularni tahdidlar orqali majbur qilgan yoki guruhning insonparvarlik yordamni taqsimlaşdagi nazorati orqali öziga jalb qilgan. HAMASning harbiy salohiyati jiddiy zaiflaşgan, ammo agar ularga vaqt berilsa, özlarini qayta taşkil qilib oliş uçun yetarli kuçga ega», — deya hisoblaydi Vaşington Yaqin Şarq siyosiy tahlil instituti eksperti Ido Levi.
Biroq Isroil bosimni kamaytirişi amri mahol.
Isroil qanday kayfiyatda?
Isroil jamiyatida ziddiyatli his-tuyğular hukmron. Oxirgi bir yarim yil davomida yuz minglab odamlar köçalarga çiqib, hukumatdan uruşni darhol töxtatiş va asirlarni qaytariş uçun HAMAS bilan kelişuv tuzişni talab qilmoqda.
«Uruşda ğoliblar bölmaydi» — Tel-Avivdagi uruşga qarşi namoyişda qatnaşgan ayol uşlab turgan bannerda şu sözlar tuşirilgan. Foto: AFP
Biroq BBC rus xizmati gaplaşgan deyarli barça isroilliklar «tugallanmagan va bartaraf etilmagan tahdid hissi» haqida sözlaşmoqda.
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu öz tarafdorlariga HAMASni töliq yöq qilgunça uruş olib borişga va’da bergan, şuningdek, birinçi prezidentlik davrida unga deyarli barça rejalarda töliq erkinlik bergan Donald Trampning Oq uyga qaytişini intiqlik bilan kutgan edi.
Avvaliga Tramp özidan oldingi prezident Jo Baydenning HAMAS bilan muzokaralarni nazarda tutuvçi tinçlik rejasini qöllab-quvvatlagani, dösti va ittifoqçisi Netanyahuni noqulay ahvolga solib qöygani bilan barçani hayratda qoldirdi.
«Tramp [tinçlik muzokaralarida] faol iştirok etişi, jumladan, u rasman prezident lavozimini egallaşidan oldinoq özining Yaqin Şarq böyiça maxsus vakilini mintaqaga yuborişi — yangi ma’muriyatning ikki aşaddiy duşman örtasida zöravonlik qayta boşlanişining oldini oliş istagini körsatadi», — deb hisoblaydi Chatham Houseʼdagi Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika dasturi böyiça katta ilmiy maslahatçi professor Yossi Mekelberg.
Oq uyga qaytişidan oldin Tramp neça marta «Avraam kelişuvlari»da erişilgan muvaffaqiyatni takrorlaş va Isroil bilan Saudiya Arabistoni örtasida tinçlikka erişiş niyati borligini ma’lum qilgan.
«Trampning dasturi boşqa davlatlarni, avvalo Saudiya Arabistonini «Avraam kelişuvlari»ga qöşilişga undaşdan iborat. Bu esa Isroildan falastinliklar böyiça jiddiy yon berişlarni talab etadi», — deya ta’kidlaydi ekspert.
Mekelbergning fikriça, Netanyahu HAMAS bilan tinçlik kelişuviga rozi bölgan. Çunki AQŞning yangi prezidentidan qörqişi, öz hukmron koalitsiyasi parçalanişidan bölgan xavfdan ustun kelgan. Axir agar u şunday qilmaganida, özini aldangan his qilgan ultraöng va dindor partiyalar koalitsiyadan çiqib ketişi mumkin edi.
Hukumat parçalanişining ilk «qaldirğoç»lari uzoq kuttirmadi. Yanvar oyida HAMAS bilan kelişuvga norozilik sifatida milliy xavfsizlik vaziri — öta öng millatçilarning «Otsma Yyehudit» partiyasi rahbari Itamar Ben-Gvir öz lavozimini tark etdi, partiyasini koalitsiyadan olib çiqdi, bir neça boşqa vazirlar ham uning ortidan ergaşdi.
Ularning barçasi faqat 18 mart kuni hukumatga qaytdi — aynan öşa kuni Isroil Ğazo sektorida HAMASning sohil hududdagi infratuzilmasiga qarşi yangi hujumlarni boşlagandi.
Itamar Ben-Gvir — Ğazoda harbiy harakatlarni davom ettirişni qattiq qöllab-quvvatlovçi siyosatçilardan biri. Foto: AFP
«Biz boş vazir Binyamin Netanyahu boşçiligidagi Isroil davlatining intensiv harbiy harakatlarga qaytayotganini olqişlaymiz. Bu HAMASni yöq qiliş va asirlarimizni qaytariş yölidagi mutlaqo töğri, axloqiy, etik va eng asosli qadamdir. Biz HAMAS degan taşkilot mavjudligiga toqat qila olmaymiz, u yöq qilinişi şart», — dedi Ben-Gvir öz lavozimiga qaytgan kuni.
AQŞning qöllovi
Isroil vazirlar mahkamasida Itamar Ben-Gvir kabi köplab hamfikrlar mavjud ekani sababli, harbiy harakatlarni davom ettiriş uçun Netanyahuga Trampning qöllovi juda muhim. Bu esa avtomatik ravişda tinçlik kelişuvining keyingi bosqiçlaridan voz keçişni anglatadi.
Ammo uruşni tugatişni hali lavozimga kirişişidan avval Netanyahudan söragan Tramp bunday qarorga keladimi?
Tahlilçilar fikriça, Tramp tomonidan yuborilayotgan signallar ziddiyatli. U ba’zan muzokaralarni talab qilmoqda, ba’zan esa Isroil va AQŞni terror qiluvçilarga «çinakam dözax» va’da qilmoqda.
Köplab ekspertlar fikriça, hozirgi vaziyatda eng muhim jihat — Trampning Yaqin Şarq böyiça ulkan rejalari (Eronga bosim, Saudiya Arabistoni bilan yaqinlik, Ğazo taqdiri va hokazo) uçun Netanyahu hukumati qulaşi juda örinsiz. «Bibi» aynan şu rejalarni amalga oşirişda Tramp uçun eng qulay şaxs hisoblanadi.
«Şu bois, Vaşingtondan HAMASni butunlay yöq qiliş uçun «yaşil çiroq» yo allaqaçon berilgan yoki albatta beriladi», — dedi BBCʼning Knessetdagi suhbatdoşi mart oyi örtasida.
18 mart — Ğazoga nisbatan aviahujumlar qayta boşlangan kuni boş vazir Netanyahuning ofisidan şunday bayonot berildi: «Bundan buyon Isroil HAMASga nisbatan harbiy kuçni bosqiçma-bosqiç kuçaytirib boradi».
Bunday bayonotlar Vaşington bilan kelişuvsiz berilişi mumkin emas.
«U [Netanyahu] özining öta öng hukumatini saqlab qoliş uçun heç narsadan qaytmaydi. Xalqaro vositaçilar aralaşuvi va tinçlik kelişuvini buzgan tomon kim ekanini aniq körsatuvçi dalillarni taqdim etişi kerak», — dedi HAMAS siyosiy qanoti rahbariyatidagi yuqori martabali vakil Izzat al-Rişek.
HAMASning yerosti arteriyalari
2023 yil 7 oktyabridan buyon Isroil HAMAS rahbariyatini yöq qilişda katta yutuqlarga erişdi. Biroq mutaxassislar fikriça, bu yutuqlar strategik emas, balki faqat taktik xususiyatga ega.
Dunyoda turli paytlarda amalga oşirilgan harbiy amaliyotlar körsatmoqda: jihodçi guruhlar jiddiy zaiflaşgaç, ular faol qarşilik fazasidan sekinlaşgan, yillab davom etişi mumkin bölgan partizan uruşi şakliga ötadi.
Isroil harbiylari BMTning falastinlik qoçqinlarga yordam beriş böyiça Yaqin Şarq agentligi (UNRWA) ofisi ostida joylaşgan tunnelni yöq qildi. Isroil rasmiylari uşbu agentlikni 2023 yil 7 oktyabrdagi HAMAS hujumida iştirok etganlikda ayblamoqda. Huquq faollari esa bu ayblovlarni rad etadi. Foto: AFP
HAMAS ham nazariy jihatdan bunday kuraşga ötişi mumkin. Ammo Ğazo sektoridagi geografiya bu guruh foydasiga xizmat qilmaydi. Boşqa davlatlardagi jangarilardan farqli ölaroq, HAMAS a’zolari toğlarga yoki örmonlarga ğoyib bölib ketolmaydi, qöşni davlatlarga bosqin uyuştirib, u yerdan qurol yoki ozuqa olib kelolmaydi.
Ğazoda toğlar ham, örmonlar ham yöq. U bir tomondan Isroil, ikkinçi tomondan esa yaxşi qurollangan va siyosiy jihatdan betaraf Misr bilan çegaradoş.
Bunday şaroitda HAMAS partizan uruşida faqat ikki tayançga ega: yerosti infratuzilmasi va aholi qöllab-quvvatlovi.
TSAHAL qömondonligi ma’lum qilişiça, Isroil armiyasi Ğazo va Misr çegarasidagi Filadelfiya koridori ostidagi HAMASga tegişli tunnellarning taxminan 80 foizini yöq qilgan. Bu yerlar asosiy kontrabanda yöli va qurol hamda boşqa yuklarni yetkazib beriş kanali bölgan.
Vaşingtonda joylaşgan Yaqin Şarq siyosati instituti bahosiga köra, bu — HAMAS imkoniyatlariga berilgan juda kuçli zarba. Bu yöqotiş, hatto jonli kuçlar orasidagi katta yöqotişlardan ham oğirroqdir. Çunki inson resursini qayta töldiriş infratuzilmani qayta qurişdan ança oson.
Biroq HAMASning yerosti tunnellari Filadelfiya koridori bilan çeklanmagan. Ğazodagi harbiy harakatlar boşlanganidan bir neça oy ötiboq Isroil mudofaa armiyasi bu tunnellar umuman olganda oldingi hisob-kitoblarga nisbatan ança keng ekanini tan oldi.
Yangilangan ma’lumotlarga köra, yerosti kommunikatsiya tizimining umumiy uzunligi örtaça 650 kilometrni taşkil etadi va avval öylanganidan köra köproq tarmoqlarga ega.
Joriy yil may oyida AQŞ razvedkasi HAMAS tunnellarining taxminan 65 foizi hanuz faol ekanini ma’lum qildi. Isroil esa bu körsatkiçni 40 foiz deb baholamoqda. Ayrim tunnellar şunçalik kengki, ularda zirhli texnika va boşqa qurollarni bombalardan yaşiriş mumkin.
Köplab harbiy tahlilçilarga köra, Isroil uçun bu infratuzilmani yöq qiliş öz maqsadlariga erişişda hal qiluvçi kalit hisoblanadi. Biroq bu — uruşdagi eng murakkab vazifalardan biridir.
Içki bosim
Mutaxassislar ta’kidlaşiça, hozirgi şaroitda jangarilarga qarşi kuraşning eng samarali yöli — ularga falastinliklarning özlari tomonidan körsatilayotgan bosim bölişi mumkin. Ammo aholi xavfsizlikdan qörqqani uçun bunday ommaviy çiqişlar kam uçraydi.
Uruş boşlanganidan buyon va umuman, sönggi köp yillik davrda ilk bor Ğazo aholisi köçalarga çiqib, HAMASdan ketişni talab qildi. Foto: AFP
Şunga qaramasdan, 25 mart kuni Ğazo sektoridagi Bayt Lahiya şahrida yuzlab odamlar HAMASga qarşi namoyişga çiqdi.
Bu voqea «Islomiy jihod» guruhi Isroilga raketa otgandan keyingi kuni röy berdi. Isroil armiyasi esa bu hujumga javoban Bayt Lahiyaning butun mahallalariga evakuatsiya buyruğini berdi.
Qisqa tanaffusdan keyin yana köçişga majbur bölgan odamlar ğazab bilan köçalarga çiqib, «HAMAS, ket!» va «HAMAS hokimiyati ketsin, «Ixvon ul-muslimin» («Musulmon birodarlar») hokimiyati ketsin!» degan şiorlarni baqirişdi.
Bu namoyiş HAMAS jangçilari tomonidan öqotar qurol va kaltaklar bilan tarqatildi. Biroq oçiq norozilikning özi guruh uçun yomon alomatdir.
«Ğazoda HAMASga qarşi bölganlar doim bölgan va kam ham emas. Lekin ular aralaşişdan qörqişgan. Köpçilik FATH bilan qilgan hisob-kitoblarini eslaydi — axir u yerda gap oddiy odamlar emas, siyosiy kuç vakillari haqida edi. Hozir esa odamlar oçiqça köçalarga çiqdi — bu ularning qörqişdan çarçaganini anglatadi. Ular bir yarim yildan beri ölimdan qoçib yuribdi. Agar bunday odamlar soni ortib borsa, HAMAS uçun bu jiddiy tahdidga aylanişi mumkin», — deydi 2006 yilda HAMAS hokimiyatga kelganidan söng Ğazoni tark etib, Ördun daryosining Ğarbiy sohiliga köçib ötgan ğazolik sobiq jurnalist Nadir S.
Ğazo sektorida HAMAS tarafdorlari ham kam emas. Bu hududda aholi örtasida sörov ötkaziş juda murakkab, çunki odamlar öz siyosiy qaraşlarini oçiq bildirişdan qörqadi. Biroq turli manbalarga köra, tarixan guruhni taxminan 40 foiz aholi qöllab-quvvatlagan. Bu esa mutlaq hokimiyatni saqlab qoliş uçun yetarli bölgan.
«HAMAS heç qaçon köpçilikning qöllab-quvvatloviga ega bölmagan. Biroq u hali ham falastinliklarning Ğazodagi eng maşhur siyosiy va qurolli guruhi bölib qolmoqda. Odatda xalqning HAMASga nisbatan ğazabi Isroilga nisbatan ğazab oldida soyada qoladi. Hatto HAMAS tanqid qilinganda ham, Isroil asosiy aybdor sifatida qaraladi», — deydi Yevropa Taşqi munosabatlar kengaşining (ECFR) katta ilmiy xodimi, HAMASning harbiy vaziyatiga oid tadqiqot hammuallifi Hyu Lovatt.
Biroq hozir vaziyat sezilarli özgargan. Uruş boşlanganidan beri HAMASga qaratilgan tanqid ovozlari internetda ham, Ğazo köçalarida ham tobora balandlaşmoqda.
Odamlar HAMASni 2023 yil oktyabrida Isroilga hujum rejalaştirarkan, aholi uçun oqibatlar haqida öylamaganlikda ayblaşmoqda. Boz ustiga, jangçilar özlarini tinç aholi bilan niqoblayotganini tan olişmoqda.
Eng qattiq ğazabni esa aholi orasida HAMAS insonparvarlik yordamini özlaştirayotgani haqidagi gumonlar keltirmoqda. Mazkur yordam qisqa tanaffusdan söng Ğazo sektoriga qayta kirib kela boşladi. Aprel oyida esa Isroil, tinçlik kelişuvi şartlari yuzasidan HAMAS bilan kelişmovçilik tufayli, tovarlar Ğazoga olib kirilişini qayta taqiqladi.
«Şunça köp yangi jangçilarni yollaş uçun kerak bölgan pullar HAMAS tomonidan majburiy musodara qilingan insonparvarlik yordam paketlarini Ğazo bozorlarida qayta sotiş orqali kelmoqda», — deydi harbiy manbalar ma’lumotiga tayanib Quddus Xavfsizlik va taşqi işlar markazining (JCFA) katta ilmiy xodimi Yoni Ben Menahem.
Albatta, Ğazo sektori aholisi öz xulosalarini Isroil axborotiga tayanmasdan çiqaradi. Biroq ular aniq biladigan narsa bir kunda bolalarining qornini neça marta töyğiza olayotgani.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi