Google sun’iy intellekt uçun Ironwood nomli yangi protsessorni taqdim etdi. Uşbu çip kompaniyaning tenzor protsessorlari orasida eng kuçlisi hisoblanadi. Ironwood Gemini kabi ilğor sun’iy intellekt modellari bilan işlaş uçun möljallangan.
Ironwood’ning bitta çipi soniyasiga 4,614 trillion operatsiyani amalga oşirişi mumkin. Bu turdagi çiplardan 9216 tasi yagona klasterga birlaştirilsa, quvvati 42,5 ekzaflopsga teng tizim paydo böladi. Bu dunyodagi eng kuçli El Capitan superkompyuteridan 24 barobar tez demak.
«Uning kölamini tuşuniş uçun Yerdagi har bir inson bir vaqtda soniyasiga 5000 tadan matematik masalani yeçayotgandek tasavvur qiling. Sun’iy intellekt bilan işlaşda endi şunday hisoblaş hujjati mavjud», — deyiladi xabarda.
Ammo Ironwood — bu şunçaki tezlik emas. Google çipdagi xotira hajmini 192 gibabaytga qadar oşirgan. Bu oldingi avlod tenzor protsessorlardan olti barobarga köp. Şuningdek, çiplar örtasidagi ma’lumotlar almaşinuvi ham yaxşilangan. Endilikda u soniyasiga 1,2 terabitni taşkil etmoqda.
Ironwood sun’iy intellekt modellariga murakkab mantiqiy vazifalarni bajarişda yordam beradi. Ular katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilib, ularning içida yaşirin va aniqlaş qiyin bölgan boğliqliklarni topa oladi. Bu fan, tibbiyot, biznes va boşqa sohalarda yangi imkoniyatlarni oçib beradi.
Google Ironwood’ga kirişni bulutli servis orqali taqdim etişni rejalaştirmoqda. Dasturçilar uşbu quvvatdan ilğor sun’iy intellekt ilovalarini yaratiş uçun foydalanişlari mumkin böladi. Ikki xil konfiguratsiya taqdim etiladi: kiçik vazifalar uçun 256 çipdan iborat klaster va eng murakkab loyihalar uçun 9 216 çipli töliq klaster.
Ta’kidlanişiça, Ironwood nafaqat kuçli, balki energiya tejamkor hamdir — u avvalgi avlod çiplar bilan soliştirganda har bir iş unumdorlik birligi uçun ikki barobar kam energiya iste’mol qiladi. Ironwood 2025 yil oxiriga qadar işga tuşirilişi kutilmoqda.












