4-7 aprel kunlari kutilayotgan yomğirlar yoğişi ortidan toğli hududlarda sel-suv toşqini hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolardan ehtiyotkor böliş söralmoqda.
«Özgidromet» 4-7 aprel kunlari kutilayotgan yomğirlar yoğişi sababli, respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida sel xavfi yuzaga kelişidan ogohlantirdi.
Qayd etilişiça, quyidagi hududlarda sel-suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkin:
- Qaşqadaryo viloyati — Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Ğuzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon, Muzrobot tumanlarida;
- Samarqand viloyati — Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy, Iştixon tumanlarida;
- Navoiy viloyati — Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati — Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş, Yangiobod tumanlarida;
- Toşkent viloyati — Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örtaçirçiq, Yuqoriçirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;
- Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;
- Farğona viloyati — Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlarida;
- Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat, tumanlarida va Xonabod şahrida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Toğ oldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilarni hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini köriş söraladi.
«Respublika hududi böyiça yomğir suvlari töplanişi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkin», — deyiladi xabarda.











