Tavakkal (junk) obligatsiyalar va kreditlarga sarmoya kirituvçi fondlar ötgan haftada Qöşma Ştatlardan kapital oqimining misli körilmagan darajasini kuzatdi, deb yozdi Financial Times.
Investorlar umumiy hisobda 16 milliard dollarni Amerika fondlaridan qaytarib olgan. JPMorgan ma’lumotlariga köra, bu rekord darajadagi körsatkiç.
Bozorning uşbu segmentidan ommaviy çiqib ketiş Tramp 2 aprelda AQŞ asosiy savdo hamkorlariga yirik tariflarni e’lon qilganidan keyin boşlandi. Investorlar iqtisodiy pasayişdan qörqib, mablağlarni naqdlaştirişga şoşilişdi.
Investorlar iqtisodiy pasayişdan qörqmoqda va xavfsizroq aktivlarni izlamoqda. 10 aprel kuni tariflar keçiktirilişi haqidagi xabarlardan keyin bozorlarning qisqa muddat tiklanişiga qaramay, ertasi kuni yana pessimizm qaytdi. Sababi, Xitoy tovarlariga universal 145 foizlik bojlar böyiça xavotirlar, bu nafaqat ösişni sekinlaştirişi, balki dunyodagi eng yirik iqtisodiyotda retsessiyani keltirib çiqarişi mumkin.
Investorlarning ommaviy çiqişi tavakkal qimmatli qoğozlar narxining keskin pasayişiga olib keladi. Kredit reytingi zaif bölgan firmalar qarz evaziga yaşaydi - ular pul yiğiş uçun obligatsiya çiqaradi. Ammo investorlar tavakkal qiliş iştahasini yöqotganda, qarz beradigan heç kim qolmaydi - yoki faqat katta foiz stavkalarida beriladi. Bu bankrotliklarga, keyin esa bankrotliklarning zanjirli reaksiyasiga olib kelişi mumkin. Yöqotişlar töplanib, tarqalsa, u kreditlaşni, investitsiyalarni kamaytiradi va iqtisodiyotni muzlatib qöyadi. Odamlar işini, kompaniyalar buyurtmalarni yöqotadi.












