Ijtimoiy tarmoqlardagi Autodeklarant kanali 11 aprel kuni Piskent avtopoligonida avtomobillar “qanday tekşirilişi” haqida video e’lon qildi.

Kanal muallifi Azizbek Berdiyevning sözlariga köra, “içkarida heç nima tekşirilmaydi va [avtomobillar] vaqt ötkazib çiqarib yuboriladi”. UzTest markazi uning bu iddaosini rad etib, bloger ustidan tegişli organlarga şikoyat qilişini bildirdi.

E’lon qilingan video poligonga sinov uçun olib kirilgan avtomobillardan birining kamerasida olingan. Videoda uçta avtomobil markazga olib kirilganidan keyin, bir xodim uçala maşinani bir-bir telefonda suratga olib, ularning kapot qismiga nimanidir qöygani, keyin eşigini oçgan holda avtomobil saloniga nazar taşlagani, söng zal burçagidagi xonaga kirib ketib, bir neça daqiqadan keyin qaytib çiqqani va kapotga qöyilgan kiçik elementni olib, avtomobilni taşqariga haydab çiqqani körinadi.

UzTest markaziga köra, bu videoda 2024 yilning noyabr oyidagi holat aks etgan bölib, u hozirgi tekşiruvlar bilan “mutlaqo boğliq emas”. Şu bilan birga, davlat taşkiloti videodagi holatning hozirgi tekşiruvlarga aloqasi yöqligini körsatuvçi biror dalilni taqdim etmadi.

Ma’lumot uçun, poligonga maşinasini olib kelgan fuqarolar uçun içkaridagi jarayonni kameralar orqali kuzatib turiş imkoniyati yaratilmagan. Qolaversa, bir neçta maşina bir vaqtda olib kirilib, sanoqli daqiqalarda qaytarib çiqarilgan holatlar borligi avval ham şubha-gumonlarga asos bölgandi.

Muassasa öz bayonotida “jamoatçilik fikrini çalğitişga qaratilgan mazkur lavhani notöğri talqin qilgan holda keng jamoatçilikka tarqatgan bloger işiga tegişli tartibda huquqiy baho berilişi”ni ma’lum qilgan.

UzTest'ning qöşimça qilişiça, tegişli reglamentga asosan, Özbekistonga kirib kelayotgan transport vositalari elektromagnit mosligi böyiça sinovlardan ötkazilişi belgilangan.

Avvalroq Piskentdagi markaz Leapmotor C16 rusumli avtomobilda hosil böladigan elektromagnit şovqin darajasini ruxsat etilganidan 16 barobarga yuqori deb baholagan, natijada Texnik jihatdan tartibga soliş agetnligi Leapmotor brendi ostidagi barça avtomobillarni sertifikatlaş uçun arizalar qabul qilişni