AQŞ prezidenti Donald Trampning tariflar uruşi butun dunyo böylab moliyaviy bozorlarda parokandalikni yuzaga keltirdi. Endi Oq uy rahbari tariflarni joriy etilişi oqibatlari tufayli maslahatçilaridan hafsalasi pir böldi, deb yozdi Bild.

Qayd qilinişiça, savdo masalalari böyiça maslahatçi Piter Navarro lavozimidan ketadi. Yaqinda Ilon Mask uni «bir qop ğiştdan ham ahmoqroq tönka» deb atagan edi.

Şuningdek, AQŞ Savdo vaziri Hovard Lyutnik «kursisi ham qimirlab qolgan». Politico naşriga köra, Lyutnik proteksionistik bojxona siyosatining me’mori hisoblanadi.

Ta’kidlanişiça, Moliya vaziri Skott Bessent birinçi planga çiqadi, u öta muvozanatli amaldor sifatida tanilgan.

Bu özgarişlar Trampning tariflar uruşida nimadir notöğri bölganini, ya’ni reja böyiça emasligini körsatmoqda.

Şu haftaning örtalarida AQŞ davlat obligatsiyalari bozorlari quladi, oqibatda moliyaviy falokat yuz berişiga bir bahya qoldi. Tramp 75 davlatdan import qilinadigan tovarlarga joriy qilingan bojlarni keyinga qoldirişga majbur böldi.

Bugungi kunda yagona şiddatli savdo jangi Xitoy bilan bölmoqda, uning tovarlariga 145 foizlik boj joriy qilingan.

Xitoy öz navbatida, Amerika importi uçun tariflarni 125 foizga oşirdi. Bundan taşqari, Xitoy Trampning tariflari global gumanitar inqirozni keltirib çiqarişi mumkinligini aytdi.