Eron AQŞ bilan Ömonda ötkazilgan bilvosita muzokaralar davomida özining yadroviy dasturini çeklaş evaziga Amerika sanksiyalari yumşatilişini talab qildi. Bu haqda uçraşuvdan xabardor manbalariga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.
Qayd etilişiça, Eron vakillari yangi bitim doirasida Tehron iqtisodiyotini falajlab qöygan AQŞ sanksiyalari yumşatilişini talab qilgan.
Bundan taşqari, Eron xorijda muzlatilgan milliardlab dollarlaridan foydalanişni, şuningdek, AQŞ Eron neftini sotib olayotgan xitoylik xaridorlarga bosim ötkazişni töxtatişini xohlamoqda.
Buning evaziga Tehron uranni 2015 yilgi bitim doirasida közda tutilgan körsatkiçlarda boyitişga qaytişga tayyor.
Eron va AQŞ delegatsiyalari 12 aprel kuni Ömon poytaxtida bilvosita muzokaralar ötkazdi. Uçraşuvdan keyin Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar yaxşi ötganini ma’lum qildi. Muzokaralarning ikkinçi raundi 19 aprelda bölib ötadi.
Tehron 2018 yilda Donald Tramp AQŞni yadroviy dastur böyiça bitimdan çiqişini e’lon qilganidan keyin uranni boyitişni qayta tiklagan edi. Amerika razvedkasining hisoblaşiça, Eron bir neça oy içida yadroviy qurol yaratişi mumkin. Tramp esa Eronda yadroviy qurol paydo bölişiga qarşi.
Axios ma’lumotlariga köra, Tramp Eronga yangi yadroviy bitim tuziş uçun ikki oy muhlat bergan. AQŞ prezidentining asosiy talabi — Eronning yadroviy qurol yaratişdan butunlay voz keçişidir.
Şu bilan birga, Donald Tramp Yaqin Şarqdagi Amerika Qurolli kuçlari iştirokini oşirişni buyurgan. Agar Tramp diplomatiyasi muvaffaqiyatga erişa olmasa, ular Erondagi yadroviy obektlarga zarbalar berişi yoki Isroil hujumlarini qöllab-quvvatlaşi mumkin.












