Tantanali marosimdan söng bölib ötgan muloqot çoğida Özbekiston va Bosniya va Xersegovina örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bosniya va Xersegovina yetakçisi Jyelka Tsviyanoviç Özbekistonda prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oşirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini yuqori baholadi.
Har ikki tomon munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqiçiga olib çiqişga tayyor ekanligini tasdiqladi.
Baxtiyor Ibragimov bungaça Özbekistonning Avstriya, Albaniya va Slovakiyadagi favqulodda va muxtor elçisi sifatida akkreditatsiya qilingan edi. Xususan, diplomat 2023 yil noyabr oyida Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellenga, 2025 yil yanvar oyida Albaniya prezidenti Bayram Begayga va şu yilning mart oyida Slovakiya prezidenti Peter Pellegriniga özining işonç yorliqlarini topşirgan edi.
Şuningdek, Baxtiyor Ibragimov 2023 yil oktyabr oyida YeXHT, YuNODC, AEXA va Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlaş töğrisidagi şartnoma taşkiloti kabi xalqaro tuzilmalar va BMTning Vena şahridagi boşqa institutlarida mamlakat rasmiy vakili sifatida ham akkreditatsiyadan ötgan.

















