AQŞ prezidenti Donald Tramp 13 aprel kuni yarimötkazgiçlar importiga kelasi hafta yangi bojlar joriy etişini ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters.
AQŞ prezidenti uşbu mahsulotlarga boj tariflari qanday bölişiga aniqlik kiritmadi, faqat boj miqdori işlab çiqaruvçiga qarab farq qilişini ta’kidladi. Tramp bu masalada «moslaşuvçanlik» bölişi kerakligini aytdi.
«Biz öz çiplarimiz, yarimötkazgiçlarimiz va boşqa mahsulotlarimizni mamlakatimizda işlab çiqarmoqçimiz», dedi Tramp.
Tramp şuningdek, özining Truth ijtimoiy tarmoğidagi akkauntida milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan yarimötkazgiçlar va boşqa komponentlar importi böyiça tekşiruv ötkazişga buyruq berişini e’lon qildi.
«Biz milliy xavfsizlik böyiça bölajak tekşiruvlarda yarimötkazgiçlar va elektronikaning barça ta’minot zanjirini körib çiqmoqdamiz», deb yozdi u.
Reuters ta’kidlaganidek, yarimötkazgiçlarga yangi tariflar uşbu mahsulotlarning asosiy işlab çiqaruvçilari bölgan Şarqiy Osiyo davlatlari bilan savdo uruşini yanada kuçaytiradi va Amerika texnologiya kompaniyalari uçun ham keng kölamli oqibatlarga olib keladi.
Bundan taşqari, Trampning yarimötkazgiçlarga yangi tariflar joriy etiş niyati, deb yozdi Reuters, uning telefonlar, kompyuterlar va boşqa qator elektron qurilmalar va butlovçi qismlar importini yuqori tariflardan ozod qiliş haqidagi qarori vaqtinçalik çora bölişi mumkinligidan dalolatdir.













