Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ötkazilgan brifingda bank  Axborot xizmati rahbari Şuhrat Oripov xabar berdi.

Brifingda “Biznesni rivojlantiriş banki” ATB yaqin kelajakda öz oldiga mamlakatdagi eng ilğor zamonaviy innovatsion bank bölişni maqsad qilib qöygani ta’kidlandi.

Bankning 2024-2026 yillarga möljallangan Strategiyasida belgilangan 250 ta taşabbusning qariyb 72 tasi bevosita axborot texnologiyalari va raqamlaştirişga doir taşabbuslar  hisoblanadi.

Bankda jismoniy şaxslar uçun, ya’ni çakana bank xizmatlari böyiça jami 53 ta jarayon mavjud bölib, ulardan 44 tasi raqamlaştirilgan. Bu yönalişdagi  raqamlaştiriş darajasi 83 foizni taşkil qiladi.

Ayni vaqtda yuridik şaxslar uçun, ya’ni korporativ bank xizmatlari böyiça mavjud 40 ta jarayonni raqamlaştiriş böyiça faol çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. "Biznesni rivojlantiriş banki"dagi içki jarayonlar böyiça 44 ta jarayonning 27 tasi raqamlaştirilgan. Bu esa 61 foiz raqamlaştiriş darajasini körsatmoqda.

Şuningdek, Bank xizmatlari ofislari va Bank xizmatlari markazlari yönalişlarida jami 37 ta jarayon mavjud bölib, ulardan 20 tasi raqamlaştirilgan.

Ötgan davrda “Sbertex” misolida bankning “BRB-Tech” IT-markazi taşkil etildi.

Xalqaro standartlarga mos kredit konveyeri – anderrayting, skoring tizimlari yaratildi.

Yangi brendga mos ravişda “Biznesni rivojlantiriş banki”ning mobil ilovasi  rebrending qilindi.

Hozirda 490 mingdan ortiq jismoniy şaxslar bank mobil ilovasining  foydalanuvçilari hisoblanadi. Bank tomonidan masofaviy xizmatlar joriy qilinişi mijozlarning vaqtini  tejaşga va qöşimça qulayliklar yaratişga xizmat qilmoqda.