Iroqning markaziy va janubiy hududlariga yopirilgan qum böronlari aholi salomatligida jiddiy muammolar keltirib çiqardi hamda transport qatnovlarida uzilişlarni yuzaga keltirdi.

Mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, 3,7 mingdan ortiq odam nafas oliş yöllari asoratlari bilan tibbiy yordam sörab murojaat qilgan, ulardan 1800 dan ortiği şifoxonalarga yotqizilgan. Musanno viloyatida esa böğiliş bilan boğliq 700 ga yaqin holat qayd etilgan.

Mahalliy OAVning yozişiça, şaharlarni qoplagan qalin çang köruvçanlik masofasini 1 kilometrgaça çeklagan. Qator tumanlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilişlar kuzatilmoqda. Najaf va Basradagi aeroportlar vaqtinçalik faoliyatini töxtatgan.

Favqulodda xizmat xodimlari va fuqarolar köçalar böylab harakatlaniş vaqtida çangdan himoyalaniş maqsadida niqobdan foydalanişga majbur bölmoqda.

Iroqda qum böronlari tez-tez kuzatilib turadi, ammo ekspertlarning ta’kidlaşiça, iqmlik özgarişi fonida ularning davriyligi oşmoqda. BMT uşbu mamlakatni dunyodagi eng zaif beşta davlat qatoriga kiritgan — Iroqda muntazam böronlar bilan birga jazirama va suv resurslarning yetişmasligi ham kuzatiladi.

Mamlakatda bundan oldingi yirik qum böronlari 2022 yilda sodir bölgandi. Öşanda bir kişi halok bölgan, 5 mingdan ortiq inson şifoxonaga yotqizilgan edi. Iroq Ekologiya vazirligi çangli kunlar mamlakatning yangi realligiga aylanib borayotganidan ogohlantirmoqda.