Ukraina agar tinçlikka erişmoqçi bölsa, Rossiya tomonidan anneksiya qilingan hududlar – Qrim, Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojiye viloyatlaridan voz keçişi kerak. Bu haqda Rossiya Taşqi razvedka xizmati (SVR) direktori Sergey Narişkin ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, kelişuv şartlari Rossiyaning «suverenitetini va hozirgi hududiy çegaralarini tan olişni» nazarda tutadi.
Boşqa talablar qatorida u Ukrainaning «yadrosiz va neytral maqomi», şuningdek, «demilitarizatsiya va denatsifikatsiya»ni keltirdi. Bundan taşqari, Rossiya 2014 yildagi «davlat töntarişidan» keyin Kiyev tomonidan qabul qilingan «barça kamsituvçi qonunlarning bekor qilinişiga» intiladi, deb qöşimça qildi Narişkin.
2025 yil fevral holatiga köra, Rossiya Lugansk viloyatining 98,6 foizini, Donetskning 62,6 foizini, Zaporojiyening 71,9 foizini va Xersonning 69,3 foizini nazorat qilmoqda. Bundan taşqari, oxirgi ikkitasida u viloyat markazlarini nazorat qilmaydi – Zaporojiye (uruşgaça bölgan davrda aholisi 706 ming kişi) va Xerson (275 ming kişi).
Avvalroq, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov va Xavfsizlik Kengaşi raisi Sergey Şoygu Ukrainadan uşbu hududlarni töliq topşirişni talab qilgan edi. Şuningdek, prezident Vladimir Putin ham şuni talab qildi.
Aprel oyida Yaqin Şarq böyiça AQŞ maxsus vakili va Rossiya bilan Ukraina böyiça muzokaralarning asosiy iştirokçilaridan biri Stiv Uitkoff AQŞ prezidenti Donald Trampga tinçlikka erişiş uçun uşbu ğoyani qöllab-quvvatlaşni taklif qildi. Biroq, Tramp hali bu haqda qaror qabul qilmadi.












