Tavboyev Suhrob Törabek öğli Soliq qömitasining Sirdaryo viloyati soliq boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.

U 1990 yilda Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida tuğilgan. Tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati soliq boşqarmasi boşliğining örinbosari lavozimida işlagan.

Sirdaryo viloyati soliq boşqarmasi boşliği lavozimida 2023 yil avgustidan buyon Uluğbek Xatamov işlab kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yöq.