Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon viloyatidagi ijtimoiy xizmatlar markaziga taşrifi çoğida sport sohasi va olimpiya harakatiga oid taqdimot bilan tanişdi.
Qayd etilişiça, Özbekistonda ommaviy sport bilan şuğullanuvçilar sonini 15 millionga yetkaziş maqsad qilingan. Buning uçun «Mahalla ligasi», «Maktab ligasi», «Talabalar ligasi», «Vazir kubogi» va «Kasaba uyuşmalari kubogi» kabi musobaqalar taşkil etiladi.
Sportçi yoşlarni saralaş va mahoratini oşiriş böyiça berilgan topşiriqqa köra, seleksiya, sport ta’limi va olimpiya tizimini yangi bosqiçga olib çiqiş işlari boşlangan. Bunda hududlardagi 254 ta sport maktabi, olimpiya yönalişlariga ixtisoslaşgan 56 ta sport maktabi milliy terma jamoalarga asosiy zaxira böladi. Joylardan saralangan yoşlar tana antropometriyasi va qobiliyatidan kelib çiqib, maqsadli tayyorlanadi.
Ularni tayyorlaş uçun yiliga ikki marta «Yangi Özbekiston Olimpiya çöqqilari» musobaqalar tizimi yölga qöyiladi. Viloyat bosqiçi ğoliblari har yili dekabrda Olimpiya şaharçasida ötkaziladigan «Prezident Olimpiadasi»da iştirok etadi. Musobaqa ğoliblari uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi. Birinçi va ikkinçi örinni olgan sportçilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinadi.
Prezident sport ta’limida vertikal tizimni takomillaştirib, ilğor uslub va yondaşuvlarni tatbiq qiliş zarurligini ta’kidladi. Sport maktablarining natijadorligini oşiriş, qobiliyatli yoşlarni yetuk sportçilar etib tarbiyalaş böyiça körsatmalar berdi.












