Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon şahridagi «Imkoniyatlar olami» hududiy ijtimoiy xizmatlar markazida yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.

Qariyb 5 gektar maydonga ega muassasada ma’muriyat, faollar zali, inklyuziv ta’lim va kasbga örgatiş binolari, bolalar maydonçasi, sport majmuasi va suziş havzasi mavjud.

Bu yerda nogironligi bor bolalar, özgalar parvarişiga muhtoj şaxslarga qatnov asosida ijtimoiy xizmatlar körsatiladi. Jumladan, ijtimoiy va tibbiy reabilitatsiya xizmati, kasbga yönaltiriş, xorijiy tillarni öqitiş xizmatlari hamda kambağal oilalar bolalari uçun qöşimça ta’lim xizmatlari yölga qöyilgan.

Markazda 60 nafardan ziyod xodim faoliyat yuritadi. Ijtimoiy himoyaga muhtojlarni aniqlaş hamda bu yerga yönaltiriş «Inson» markazi tomonidan amalga oşiriladi.

Prezident ilk bor taşkil etilgan erta aralaşuv xizmati bilan tanişdi. Bu bölim çaqaloqlikdan uç yoşgaça bölgan bolalarni parvarişlaşga ixtisoslaşgan. Şu vaqtgaça bunday yoşdagi bolalar faqat ota-ona qaramoğida bölgan. Maxsus boğçalarga esa faqat 3 yoşdan keyin qabul qilingan. Endi homiladorlik vaqtida nogironlik xavfi aniqlansa, onalarga şu binoda xizmat körsatiladi. Bu ularning farzandiga bölgan e’tiborini mustahkamlaşda kömaklaşadi. Şuningdek, ular uçun psixologik maslahat beriladi.

Prezident markazdagi qöşimça ta’lim xizmatiga möljallangan binodagi şaroitlar bilan tanişdi. U yerda nogironligi bor bolalarning maktabdan taşqari dars qilişi, ilm olişi, internetdan foydalanişi uçun imkoniyatlar yaratilgan. Bundan taşqari, kambağallik reyestridagi oila farzandlari ham kelib, ingliz, rus, koreys va boşqa tillarni örganişi mumkin.

Markazda kunduzgi parvariş xizmati yölga qöyilgan. Bu yerda nogironligi bölgan insonlar jismoniy va aqliy maşğulotlar bilan şuğullantiriladi.

– Bu e’tibor zamirida sizning soğliğingiz, yaqinlaringizning dardu taşvişlari bor. Könglingiz oçilib, hayotga umid uyğonganini körib, xursand böldim. Bunday ğamxörlikni yanada kengaytirib boramiz. Sizlardan faqat sabr-toqat, işonç va harakat zarur, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Ijtimoiy xizmatlar markazida sport majmuasi ham bor. Unda nogironligi bor bolalar uçun möljallangan badantarbiya xonasi, suv havzasi taşkil etilgan. E’tiborli jihati, maşğulot qurilmalari AQŞ va boşqa xorijiy davlatlardan keltirilgan bölib, adaptiv sportga möljallangan. Suv havzasi ham bolalarning yoşiga monand alohida qulayliklarga ega.