Qonunning maqsadi sudlar faoliyatini moliyalaştiriş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat.
Özbekistonning har yilgi davlat budjeti töğrisidagi qonunda Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengaşi, Oliy sud, harbiy sudlar, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar umumyurisdiksiya sudlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toşkent şahar ma’muriy sudlari, tumanlararo, tuman, şahar sudlari hamda Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlaş departamenti faoliyati uçun davlat budjetidan ajratiladigan mablağlar alohida satrda nazarda tutiladi.
Sudlar faoliyatini moliyalaştiriş uçun ajratiladigan mablağlar miqdori odil sudlovni töliq va mustaqil amalga oşiriş imkoniyatini ta’minlaş uçun yetarli bölişi şart.
Sudlarni moliyalaştiriş, ularning binolarini qöriqlaş va saqlab turiş respublika budjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
Özbekistonning har yilgi davlat budjeti töğrisidagi qonunda sudyalarga (ularga tenglaştirilgan şaxslarga) va sud apparati xodimlariga har çorak yakuni böyiça va rasmiy bayram kunlarida pul mukofotlari, şuningdek, mehnat ta’tili davomida bir oylik mehnat haqi fondi miqdorida moddiy yordam uçun ajratiladigan mablağlar hisobga olinadi.
Sudlarni joriy yilda moliyalaştiriş uçun ajratiladigan yoki keyingi moliya yili uçun ajratilişi kerak bölgan budjet mablağlari miqdorini 5 foizdan ortiq bölmagan miqdorda kamaytiriş faqat Oliy sudning roziligi bilan, 5 foizdan ortiq bölgan miqdorda kamaytiriş esa, Özbekiston sudyalari qurultoyining roziligi bilan amalga oşirilişi mumkin.
Ajratilgan mablağlarni taqsimlaş:
Qoraqalpoğiston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toşkent şahar sudlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toşkent şahar ma’muriy sudlari, tumanlararo, tuman, şahar sudlari va harbiy sudlar uçun – departament tomonidan;
Oliy sud uçun – Oliy sud tomonidan amalga oşiriladi.
Özbekistonning har yilgi davlat budjeti töğrisidagi qonun bilan sudlar faoliyatini ta’minlaş uçun ajratilgan mablağlar tegişli moliyaviy yil uçun qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravişda tasarruf etiladi.











