18 aprel, juma kuni Rossiya rublining dollar va yuanga nisbatan kursi 2023 yil iyunidan buyon eng yuqori körsatkiçga yetdi. Bu haqda Moskva birjasi saytidagi ma’lumotlarga tayanib, DW xabar berdi.

AQŞ sanksiyalari tufayli uşbu platformada dollar va yevro bilan savdo qiliş 2024 yilning iyunidan töxtatilgan. Biroq Moskva birjasi indikativ valuta kurslarini e’lon qilişda davom etyapti. Uşbu ma’lumotlarga köra, 18 aprel kuni bir AQŞ dollarining nisbatan kursi 82,02 rublni taşkil qilgan.

2025 yilda rubl keskin mustahkamlandi

2024 yil noyabr oyi oxirida Rossiya valutasi bir dollar uçun deyarli 110 rublgaça qadrsizlangandi. 2025 yil boşida bir dollar 101,6 rublga teng bölgan bölsa, Jo Bayden ma’muriyatining Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalar kiritişi fonida stavka 15 yanvarda joriy yildagi eng maksimal nuqta – 103,4 rublgaça yetdi. Biroq Donald Tramp Oq uyga qaytganidan söng rubl kursi barqarorlaşa boşladi. Bu vaqt içida rubl dollarga nisbatan 30 foizga mustahkamlandi.

Yil boşida yuan kursi 13,94 rublni taşkil etgan bölsa, 18 aprelga kelib bu körsatkiç 11,16 rublgaça yoki 20 foizga pasaydi. Yil boşida yevro kursi 106,25 rubl bölgan bölsa, 18 aprelga kelib 93,25 rublga yoki 12,25 foizgaça tuşdi.

Dollarning rublga nisbatan joriy kursi 2023 yil iyunidan beri, yuanga nisbatan esa 2023 yilning mayidan beri eng past körsatkiçdir. Yevro ham 2025 yilning fevral va mart oylarida rublga nisbatan sezilarli darajada arzonlaşgan.

Bloomberg: Rubl oltindan ham foydaliroq böldi

Bloomberğning 15 aprel kuni xabar berişiça, xalqaro birjadan taşqari bozorda rubl 2025 yil boşidan beri dollarga nisbatan 38 foizga mustahkamlanib, dunyodagi eng tez ösayotgan valutaga aylangan. Bu davr mobaynida oltin narxining oşişi 23 foizni taşkil etgan.

Bloomberğga köra rubl kursining mustahkamlanayotganiga Rossiya Markaziy bankining asosiy stavkani 21 foizlik darajada uşlab turgani yordam beryapti, bu inflatsiyaga ham ijobiy ta’sir körsatgan. Bundan taşqari, boşqa rivojlanayotgan bozor valutalaridan farqli ölaroq, rubl global sarmoyadorlarning xavfli aktivlarni tark etişi natijasida kapitalning çiqib ketişi bosimini boşdan keçirmayapti, çunki ularning aksariyati Rossiyani allaqaçon tark etib bölgan.