Namangan şahar hokimi Anvar Otaxöjayev Namangan viloyati IIB YHXB boşliği Mansur Gaziyevdan hududdagi noqonuniy radarlarni olib taşlaşni söradi. Hokim şu maqsadda 2025 yil 12 aprel kuni viloyat YHXB boşliğiga rasmiy xat bilan murojaat qilgan.
Xatda keltirilişiça, yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş maqsadida örnatilgan kameralarning “jarima yozişi” norozilik kayfiyati ortişiga sabab bölmoqda.
“Jamoatçilik, yoşlar tomonidan aholi vakillari bilan ötkazilgan uçraşuvlar va muhokama yiğilişlarida, yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş maqsadida örnatilgan avtomobil yöllarida yöl harakati qoidalari buzilganini maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalari tomonidan jarimalarning qöllanişidan norozilik kayfiyatlar ortib borişi, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatda olib borilayotgan boşqaruvga nisbatan salbiy fikrlar bildirilişiga sabab bölmoqda.
Şuningdek, bino-inşootlarning tom qismlari, şahar va tuman obodonlaştiriş boşqarmalari tasarrufidagi yoritiş tayançlariga belgilangan me’yorlarga zid ravişda örnatilgan fotoradarlar tomonidan jarimalarning qöllanişi oqibatida Namangan şahri fuqarolariga moddiy va ma’naviy zarar keltirmoqda”, deyiladi xatda.
Hokim xatida Namangan şahri, Davlatobod hamda Yangi Namangan tumanlarida Vazirlar Mahkamasi qaroriga zid ravişda örnatilgan kameralarni KAAT tizimidan öçiriş hamda ular tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklarga jarimalar qöllaş işlarini töxtatiş söralgan.

















