Rim papasi Fransisk 2025 yil 21 aprel kuni, Vatikandagi qarorgohi — Kasa-Santa-Martada olamdan ötdi. U 88 yoşda edi.

Kardinal Kevin Farrell Vatikan telekanali orqali papaning ölimi haqida rasman xabar bergan.

«Aziz birodarlar va opa-singillar, çuqur qayğu bilan muqaddas otamiz Fransiskning vafot etganini e’lon qilişga majburman. Bugun ertalab soat 7:35 da (mahalliy vaqt bilan) Rim yepiskopi Fransisk Ota uyiga qaytdi. Uning butun hayoti Xudoga va uning çerkoviga xizmat qilişga bağişlangandi. U bizni Injil qadriyatlari bilan, ayniqsa, aholining eng kambağal va marginal qatlamlariga nisbatan sadoqat, jasorat va umumiy muhabbat bilan yaşaşga örgatdi», — deyiladi Vatican News portali xabarida.

Fransisk (Rim papasi bölişidan oldin Xorxe Mario Bergolo) 2013 yil martida Rim papaligiga saylangan va katolik çerkovining Lotin Amerikadan çiqqan birinçi rahbari bölgandi. U bu lavozimga salomatligidagi muammolar tufayli taxtdan voz keçgan Benedikt XVI örniga kelgandi.

U öz pontifikati davomida adolat, muhit muhofazasi va kambağallar huquqlarini himoya qilişni asosiy vazifa qilib belgilagandi.

2025 yil fevral oyi örtalarida Rim papasi Fransisk bronxit taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgandi. Keyinroq uning holati keskin oğirlaşgan — unda ikki tomonlama pnevmoniya aniqlangan va bir neça bor sun’iy nafas oldiriş apparatiga ulangandi. Kardinal Janfranko Ravazi «agar papalik vazifalarini bajariş bilan boğliq murakkabliklar yuzaga keladigan bölsa», Fransisk taxtdan voz keçişi mumkinligini aytgandi.

23 mart kuni Fransisk 38 kun davomida şifoxonada qolganidan keyin Vatikanga qaytgandi. 20 aprel kuni u Vatikandagi Avliyo Pyotr maydoniga yiğilgan jamoat qarşisida köriniş berib, ularni Pasxa bilan tabriklagandi.

Rim papasi öz nutqida «Ğazo sektorida zudlik bilan öt oçişni töxtatiş, garovdagi [isroillik]larni ozod etiş va ğazoliklarga insonparvarlik yordami yetkazib beriş»ga çaqirgan, şuningdek, Ukraina masalasiga töxtalib, «barça tomonlar»ni «adolatli va mustahkam tinçlik»ka erişiş yölidagi sa’y-harakatlarni davom ettirişga çaqirgandi.

Yaqin kunlarda Vatikanda yangi papani saylaş uçun konklav çaqirilişi kutilmoqda.